Qozoğiston ğarbida yana bir dron quladi
26-03-2026, 09:39
258 марта

Qozoğiston ğarbida yana bir dron quladi
Ğarbiy Qozoğiston viloyatining Qaraultobe qişloği yaqinida mahalliy aholi yerga qulagan uçuvçisiz apparatni topdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.Politsiya malumotiga köra, hodisa Qaraultobe hududida sodir bölgan bölib, “dron qoldiqlariga öxşaş predmetlar” topilgani yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda. Obekt aholi yaşaş punktidan taşqarida aniqlangan va barça holatlar örganilmoqda.
Bu hududda bunday holatlar ilgari ham kuzatilgan. 2025 yil fevral–mart oylarida Ğarbiy Qozoğistonning bir neçta tumanlarida nomalum uçuvçisiz apparatlar topilgan.
Avvalroq, Qozoğiston Mudofaa vazirligi bu kabi dronlarning 90 foizdan ortiği Rossiya 926-boş uçiş sinov markazi poligon hududiga töğri kelişini bildirgan. Uşbu hudud va uning havo maydoni Rossiya tomonidan sinovlar uçun foydalaniladi.