Rossiya hukumati benzin eksportini taqiqlaşi mumkin
26-03-2026, 16:18
136 марта

Rossiya hukumati benzin eksportini taqiqlaşi mumkin
Rossiya hukumati mamlakatdan benzin eksportini töliq taqiqlaş variantini qayta körib çiqyapti. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.Bu masala Yaqin Şarqdagi uruş fonida yoqilği narxlari keskin oşib ketgani sababli kun tartibiga çiqqan. Manbalarga köra, taqiq bir oydan ham uzoqroq – töliq çorak (taxminan 3 oy) davom etişi mumkin. Avval ham bunday çeklovlar joriy etilgan va 2026 yil 31 yanvarda bekor qilingan edi. Hozirda esa eksport çeklovi faqat işlab çiqaruvçi bölmagan kompaniyalarga tegişli.
Rossiya Boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak global energiya inqirozi şaroitida içki bozorni yoqilği bilan taminlaş uçun zudlik bilan çoralar köriş zarurligini aytgan. Unga köra, neft mahsulotlari narxining jahon bozorida keskin oşişi içki narxlarga ham bosim ötkazmoqda.
Yoqilği narxlari fevral oxiridan beri ösib bormoqda. Aynan şu paytda AQŞ va Isroil Eronga qarşi harbiy operatsiyani boşlagan. Bu esa Hormuz böğozi orqali ötadigan neft va gaz yetkazib berişga jiddiy tasir qilib, global narxlarning oşişiga olib kelgan.
Oqibatda Rossiyada ham ulgurji narxlar sezilarli kötarilgan: bahordan beri benzin narxi 14 foiz, dizel esa 22 foizga oşgan. 24 mart holatiga köra, Rossiyaning Yevropa qismida AI-92 benzini va dizelning ulgurji narxi taxminan 68–67 ming rubl atrofida bölgan.
Yaqin orada bahorgi ekin ekiş mavsumi boşlanişi va neftni qayta işlaş zavodlarida rejali tamirlaş işlari olib borilişi kutilmoqda. Bu esa yoqilğiga talabni yanada oşirib, narxlarning yana kötarilişiga sabab bölişi mumkin.