Pentagon AQŞ sanoat bazasini jangovar şaylikka keltirişini elon qildi
26-03-2026, 18:48
93 марта

Pentagon AQŞ sanoat bazasini jangovar şaylikka keltirişini elon qildi
AQŞ Mudofaa vazirligi Amerika öq-dorilar arsenali uçun öta muhim komponentlar işlab çiqarişni köpaytiriş böyiça bir neçta harbiy-sanoat korporatsiyalari bilan kelişuv imzoladi. Bu haqda Pentagon saytida xabar berildi.Qayd etilişiça, Lockheed Martin va BAE Systems kompaniyalari bilan imzolangan şartnoma THAAD raketaga qarşi mudofaa tizimlari uçun özi yönaltiruvçi kallaklar işlab çiqarişni tört baravarga oşirişni közda tutadi.
“Taminot zanjirimiz xavfsizligini taminlaş asosiy pudratçilar bilan hamkorligimiz kabi muhimdir. BAE Systems bilan tuzilgan uşbu kelişuv talabning aniq, barqaror va uzoq muddatli ekani haqida signal beradi. Biz hamkorlarimizga investitsiya kiritiş, kengayiş va xodimlarni işga oliş uçun zarur bölgan işonçni taqdim etamiz. Sanoat bazasini aynan şunday qilib jangovar şaylik holatiga keltiramiz”, deydi Mudofaa vazirining xaridlar va taminot böyiça örinbosari Maykl Daffi.Mudofaa vazirligi mamlakatning uşbu muhim mudofaa qurollarini yaratiş va joylaştiriş imkoniyatlari AQŞ yoki uning ittifoqçilariga duşman tomonidan tahdid soladigan har qanday xavfdan ustun bölişiga kafolat beradi.
Bundan taşqari, Pentagon Honeywell Aerospace kompaniyasi bilan hamkorlikda navigatsiya tizimlari va radioelektron kuraş yeçimlarini öz içiga olgan muhim komponentlarni işlab çiqarişni köpaytiriş böyiça doiraviy kelişuv tuzdi. Lockheed Martin bilan esa yuqori aniqlikdagi zarbdor raketalar işlab çiqarişni tezlaştirişga qaratilgan şartnoma imzolandi.