“Temir quşlar qabristoni”: AQŞ uruşda qimmat texnikalarini yöqotdi
27-03-2026, 17:30
749 марта

“Temir quşlar qabristoni”: AQŞ uruşda qimmat texnikalarini yöqotdi
Quruqlikdagi texnikalarning askariyati Eronning ballistik raketalari va dronlari hujumiga uçragan. Uruşning dastlabki uç haftasidagi zararni qoplaş va texnikani tiklaş qiymati taxminan 1,4 milliarddan 2,9 milliard dollargaçabaholanadi. Trampning birinçi prezidentligi davrida Pentagonning yuqori martabali byudjet xodimi bölgan Eleyn Makkasker şunday prognoz bermoqda.
Yuqori xarajatga Qatardagi AQŞ harbiy bazasida joylaşgan radar tizimiga yetkazilgan zarar ham kiritilgan. Pentagon Eronga qarşi uruşni davom ettiriş uçun Kongressdan 200 milliard dollarlik qöşimça mablağ söragan.Quyida uşbu mablağ hisobidan almaştirilişi kutilayotgan bazi qurol va harbiy platformalar keltirilgan:
1 mart kuni Kuvaytning qiruvçi samolyoti xatolik sabab AQŞning uçta F-15E Strike Eagle qiruvçisini urib tuşirdi. Ekipaj azolari katapulta qilişga muvaffaq böldi. Yangi modeldagi F-15 bugungi kunda taxminan 100 million dollar turadi.


Boeing kompaniyasi 1960-yillardan beri KC-135 samolyotlarini işlab çiqarmaydi, şuning uçun Harbiy-havo kuçlari, katta ehtimol bilan, yöqolgan samolyotni KC-46 Pegasus, modifikatsiyalangan 767 layneriga asoslangan tanker bilan almaştiradi. KC-46 taxminan 165 million dollar turadi.


Jangda şikastlanmagan bölsa-da, 12 mart kuni USS Gerald R. Ford aviataşuvçi kemasida yonğin sodir böldi. Yonğin asosiy kir yuviş bölimida boşlanib, kemaning boşqa qismlariga, jumladan, dengizçilar yotoqxonasiga ham tarqalgan. Hozirda kema Gretsiyaning Souda körfazidagi portda bölib, u yerda tamirlanadi.

Eron Iordaniyada joylaşgan THAAD raketa mudofaa tizimining bir qismi bölgan AN/TPY-2 radariga zarba bergan. Uçbu radar ballistik raketalarni aniqlaşda işlatiladi va kamida 300 million dollar turadi.

Şuningdek, Eron Qatar, Birlaşgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Bahrayn, Kuvayt va Saudiya Arabistonidagi radar, aloqa va havo mudofaasi tizimlariga, jumladan, Qatarning Al-Udayd aviabazasidagi AN/FPS-132 erta ogohlantiriş radariga ham hujum qilib, şikast yetkazgan. Bir vaqtning özida bir neçta nişonni kuzata oladigan bu radar taxminan 1 milliard dollar baholanadi.
