Pokiston va Afğoniston çegarasida janglar qaytadan boşlandi
27-03-2026, 23:41
54 марта

Pokiston va Afğoniston çegarasida janglar qaytadan boşlandi
Pokiston va Afğoniston çegarasida vaqtinçalik sulh muddati tugagaç, harbiy harakatlar qaytadan boşlandi. Qurbonlar bor. Bu haqda afğon rasmiylariga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.Afğonistonning Kunar viloyati axborot va madaniyat departamenti direktorining malum qilişiça, öt oçişni töxtatiş muddati tugagaç, Pokiston harbiylari Naray va Sarkano tumanlariga önlab snaryadlar otgan. Oqibatda ikki nafar tinç aholi vakili halok bölgan, sakkiz kişi yaralangan.
Afğoniston çegara qöşinlari bunga javoban öt oçib, Pokistonning uçta harbiy posti yöq qilingani va bir harbiy xizmatçi öldirilganini malum qilgan. Pokiston harbiylari hozirça uşbu malumotga izoh bermagan.