Eronning Saudiyaga bergan zarbasida 15 amerikalik harbiy yaralandi
30-03-2026, 13:04
56 марта

Eronning Saudiyaga bergan zarbasida 15 amerikalik harbiy yaralandi
Kamida 15 nafar amerikalik harbiy xizmatçi Eron tomonidan Saudiya Arabistonidagi aviabazaga berilgan zarba oqibatida yaralangan. Ulardan beş nafari oğir ahvolda ekani aytilmoqda. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.28 mart kuni “ Prince Sultan Air Base” aviabazasiga uyuştirilgan hujum kamida 6 ta ballistik raketa va 29 ta dronni öz içiga olgan.
“The Wall Street Journal” malumotiga köra, zarba vaqtida harbiylar bazadagi binolardan birida bölgan.
29 mart kuni Eron markaziy harbiy ştabi vakili Ibrohim Zolfaghari videomurojaatda Eron hujumi oqibatida yonilği quyuvçi harbiy samolyotlardan biri töliq yöq qilinganini, yana uçta samolyot şikastlanib, işdan çiqqanini aytgan.
Eronning OAVlari elon qilgan suniy yöldoş tasvirlarida zarbadan söng bazada bir neçta samolyotlar vayron bölgani körsatilgan. Uşbu baza hafta boşida ham ikki marta hujumga uçragan bölib, öşanda 14 nafar amerikalik harbiy yaralangani xabar qilingan edi.
Amerikaning uzoq masofadan radiolokatsion kuzatuv va boşqaruv samolyoti – Boeing E-3 Sentry yöq qilingani haqida BBC ham yozgan. Malumotlarga köra, AQŞ harbiy-havo kuçlari tarkibida bunday samolyotlardan 16 ta qolgan bölib, ulardan 6 tasi Fors körfazida joylaştirilgan. Şunday samolyotlardan birining yöqotilişi AQŞ va Isroilning Eron bilan uruşdagi imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytirişi mumkin.
Mazkur aviabaza Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddan taxminan 96 km uzoqlikda joylaşgan. U Saudiya Qirollik harbiy-havo kuçlari tomonidan boşqariladi, biroq AQŞ kuçlari tomonidan ham foydalaniladi.