Erondagi operatsiya tez orada yakunlanadi – Tramp
1-04-2026, 09:32
116 марта

Erondagi operatsiya tez orada yakunlanadi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan boğliq harbiy operatsiya yaqin haftalarda yakunlanişini malum qildi. Bu haqda u NBC News naşriga bergan intervyusida söz oçdi.Uning aytişiça, AQŞ öz oldiga qöygan maqsadlarga erişgan va operatsiya yana taxminan 2–3 hafta davom etadi, şundan söng AQŞ kuçlari hududni tark etadi.
“Biz yana ikki-uç hafta davom etamiz, keyin çiqib ketamiz, çunki bunga boşqa sabab yöq”, degan Oq uy rahbari.Tramp şuningdek, Eronda hokimiyat almaşganini aytdi. Unga köra, AQŞning asosiy maqsadi rejimni özgartiriş emas, balki Eronning yadro quroliga ega bölişiga yöl qöymaslik bölgan va bu maqsadga erişilgan.
“Rejim almaşinuvi mening maqsadim emas edi. Menda bitta maqsad bor edi – ularda yadro quroli bölmasligi. Va bu amalga oşdi”, degan Tramp.U hozirda Eron bilan muzokaralar olib borilayotganini ham qöşimça qilgan.
Bundan taşqari, Tramp AQŞ Hormuz böğozidagi vaziyatga aralaşmasligini takidlagan. Uning sözlariga köra, boşqa davlatlar, masalan, Frantsiya özlari bu hudud orqali neft va gaz taşişni mustaqil hal qilişi mumkin.
“Biz tez orada çiqib ketamiz. Kim neft yoki gaz olişni istasa, özi ötadi va özini özi himoya qiladi. Biz bu masalaga aralaşmaymiz”, degan Oq uy rahbari.