Turkiyada muhojirlar qayiği çökib ketdi. Önlab qurbonlar bor
1-04-2026, 20:16
143 марта

Turkiyada muhojirlar qayiği çökib ketdi. Önlab qurbonlar bor
Bugun, 1 aprel kuni Turkiyaning Bodrum dam oliş maskanida içida noqonuniy muxojirlar bölgan qayiq xavfsizlik kuçlari taqibidan qoçib, çökib ketdi. Xodisa oqibatida 18 qoçqin halok bölgan. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.Turkiya qirğoq qöriqlaş xizmati malumotlariga köra, bugun, 1 aprel kuni erta tongda rasmiylar tomonidan aniqlangan kemaga töxtaş töğrisidagi takroriy buyruqlar berilgan, ammo noqonuniy şaxslar Egey dengizining Turkiyaga tegişli bölgan qismini kesib ötmoqçi bölgan. Xavfsizlik kuçlarining taqibi ortidan yuqori tezlikda harakatlanayotgan rezina qayiq çökib ketgan.
“Xavfsizlik kuçlari tomonidan hududga Izmir tarafdan qutqaruv vertolyoti va uçta qayiq yubordik, natijada 21 nafar muhojir qutqarildi”, deya xabar bermoqda rasmiylar.Qutqaruv operatsiyalariga qaramay 18 kişi halok bölgan. Rasmiylar noqonuniy muxojirlarning Turkiya hududiga qaysi davlat orqali kirib kelgani va ularning şaxsiga oydinlik kiritmagan. Tahminlarga köra, qoçqinlar Yaqin Şarqdagi mojarolar ortidan Turkiya hududini kesib ötiş orqali Yevropaga kirişga uringan bölişlari mumkin.
Bayonotga köra, Turkiya xavfsizlik kuçlari tomonidan qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.