“Avvalo, farosat bölişi kerak”. Makron Trampni keskin tanqid qildi
3-04-2026, 13:11
82 марта

“Avvalo, farosat bölişi kerak”. Makron Trampni keskin tanqid qildi
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Hormuz böğozini harbiy yöl bilan oçişga urinişni real emas deb baholadi. Unga köra, Frantsiya heç qaçon bu masalani kuç işlatib hal qiliş tarafdori bölmagan. Bu haqda u keça, 2 aprel kuni jurnalistlarga bergan intervyusida aytib ötdi.Makronning sözlariga köra, böğozni harbiy operatsiya orqali oçiş ğoyasi amalda işlamasligi mumkin, çunki bu qança vaqt olişi nomalum va şu hududdagi davlatlar qirğoqlari xavf ostida qoladi.
Frantsiya Prezidentining takidlaşiça, Parij uruş boşlangandan beri böğozni oçiş masalasini Eron bilan kelişuv orqali, yani muzokaralar yöli bilan hal qiliş tarafdori bölib kelmoqda. Uning fikriça, buning uçun avvalo mojaroning keskin bosqiçi tugaşi va keyin muzokaralar qayta boşlanişi kerak.
Makron, şuningdek, “suğurta missiyasi” deb atalgan taşabbusni yana bir bor eslatgan. Bu taşabbus harbiy hujum emas, balki mudofaa xarakteridagi çoralar bölib, unda turli davlatlar iştirok etib, mojarodan keyin tankerlar va portlar xa