Erdöğan Putin bilan Erondagi uruşni muhokama qildi
4-04-2026, 12:58
38 марта

Erdöğan Putin bilan Erondagi uruşni muhokama qildi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda Erondagi uruşni muhokama qildi. Bu haqda Kreml xabar berdi.Qayd etilişiça, tomonlar davom etayotgan qurolli töqnaşuvlar nafaqat mintaqa, balki global miqyosda ham jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelayotganini aytgan. Xususan, energiya bozori, savdo aloqalari va logistika tizimlari bu jarayondan zarar körmoqda.
Davlat rahbarlari imkon qadar tezroq öt oçişni töxtatiş va barça davlatlarning qonuniy manfaatlarini inobatga olgan holda özaro maqbul tinçlik yeçimlarini işlab çiqiş zarurligini qayd etgan.
Muloqot çoğida Ukraina atrofidagi vaziyat ham kun tartibidan örin olgan. Putin Erdöğanning muzokaralar jarayoniga kömaklaşişga doim tayyor ekanini yuqori baholagan.
Şu bilan birga, Rossiya va Turkiyani boğlovçi gaz transport infratuzilmasiga zarba berişga urinişlar fonida, tomonlar mintaqada xavfsizlikni taminlaş uçun muvofiqlaştirilgan çoralar köriş muhimligini takidlagan.
Şuningdek, suhbat davomida ikki davlat örtasidagi siyosiy, savdo va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilingan. Xususan, energetika sohasidagi qöşma strategik loyihalarni amalga oşirişni davom ettiriş rejalari körib çiqilgan.