Eron buzilgan harbiy obektlarni bir neça soatda tiklaşni örgandi
4-04-2026, 18:31
347 марта

Eron buzilgan harbiy obektlarni bir neça soatda tiklaşni örgandi
Eron Amerika va Isroil zarbalaridan söng yerosti bunkerlari va raketa şaxtalarini bir neça soat içida tiklamoqda. Bu haqda AQŞ razvedkasi hisobotlariga tayanib, “The New York Times” (NYT) xabar berdi.Hujjatdan kelib çiqadiki, Tehron katta miqdordagi raketalar va mobil uçiriş qurilmalarini saqlab qolgan. Bu esa harbiy kampaniyaning asosiy maqsadlaridan biri – Eronning raketa salohiyatini yöq qiliş amalga oşganini şubha ostiga qöyadi.
Pentagon yaqinda Eron hujumlari şiddati pasayganini aytib, buni Tehron arsenalining kamaygani bilan boğlagan. Biroq razvedka malumotlariga köra, Eron uruş çözilgan taqdirda yoki u tugaganidan keyin bosim ötkaziş qobiliyatini saqlab qoliş uçun köplab uçiriş qurilmalarini bunkerlar va ğorlarda yaşirib kelmoqda.
AQŞ razvedkasi hisobotlari bilan taniş bölgan rasmiylarga köra, Tehron qolgan ballistik raketalar va uçiriş qurilmalaridan Isroil va mintaqadagi boşqa mamlakatlarga zarba beriş uçun foydalaniş imkoniyatini saqlab turibdi. Bundan taşqari, Eron “yolğon nişonlar”dan faol foydalanmoqda, şu sababli AQŞ vayron qilingan qurilmalarning qançasi haqiqiy ekanligini aniq ayta olmayapti.
NYT qayd etişiça, hujumlar şiddati pasayganiga qaramay, Eron Isroil va AQŞ bilan boğliq obektlarga kuniga 15 tadan 30 tagaça ballistik raketa va 50 tadan 100 tagaça kamikadze dronlarini uçirişda davom etmoqda.