Zelenskiy Rossiyaga “energetik sulh” taklif qildi
7-04-2026, 10:27
227 марта

Zelenskiy Rossiyaga “energetik sulh” taklif qildi
Keça, 6 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ vositaçiligi orqali Rossiyaga bir-birining energetika infratuzilmasiga zarba bermaslik böyiça taklif yubordi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.“Agar Rossiya bizning energetika tizimimizga zarba berişni töxtatişga tayyor bölsa, biz ham xuddi şunday javob berişga tayyormiz. Bu taklifimiz amerikaliklar orqali Rossiya tomoniga yetkazilgan”, degan Ukraina yetakçisi.Uning aytişiça, Ukraina Qurolli kuçlari Rossiyaning AQŞ va Isroilning Eron bilan uruşi sabab yuzaga kelgan neft bozoridagi inqirozdan foyda oliş imkoniyatlarini çeklaşga harakat qilmoqda.
“Rossiya neft narxlarining keskin oşişidan qança daromad olsa, barçasini uruşga sarflaydi. Bu ularning ustuvor yönalişi bölib qolmoqda. Şuning uçun ularning neft eksport qiliş imkoniyatlarini har qanday çeklaş töğri qaror”, deya qöşimça qilgan Zelenskiy.Prezidentning bildirişiça, Ukraina avval ham Rossiyaga Pasxa bayrami munosabati bilan sulh tuzişni taklif qilgan, ammo ular uşbu taklifni keskin rad etgan. Zelenskiy bu qadamni qoralab, “Rossiya uçun muqaddas heç narsa yöq” degan.
Qayd etiş joiz, 2026 yilning qişida Tramp iltimosiga binoan Rossiya vaqtinça Ukrainaning energetika obektlariga zarba berişni töxtatgan edi. Uşbu “energetik sulh” 29 yanvardan 1 fevralgaça, jami tört kun davom etgan.