Eron AQŞ bilan muzokaralarni töxtatdi – OAV
7-04-2026, 22:39
208 марта

Eron AQŞ bilan muzokaralarni töxtatdi – OAV
Eron AQŞ bilan muzokaralarni töxtatdi va vositaçi sifatida iştirok etayotgan Pokistonga endi öt oçişni töxtatiş masalasini muhokama qilmasligini bildirdi. Bu haqda Eronning uç nafar yuqori lavozimli mulozimiga tayanib, “The New York Times” (NYT) naşri xabar berdi.Bir qator Ğarb OAVlarining malumotiga köra, Tehron AQŞ Prezidenti Donald Tramp bosim ostida taslim bölişni (kapitulyatsiya) talab qilayotgan bir paytda murosa izlaşdan boş tortmoqda. Tramp esa belgilangan sönggi muhlat tugaydigan keçada Eronni yöq qiliş bilan tahdid qilişda davom etmoqda.
“Butun bir tsivilizatsiya halok böladi va u qaytib heç qaçon tiklanmaydi”, deb yozdi u özining “Truth Social” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.“The Wall Street Journal”ga köra, Eron haqiqatan ham AQŞ bilan aloqalarni uzgan, lekin faqat töğridan töğri aloqalarni. Yaqin Şarq mamlakatlari mulozimlarining gazetaga aytişiça, vositaçilar orqali öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar davom etmoqda. Ularning sözlariga köra, Tehronning bu qadami belgilangan muhlatgaça kelişuvga erişiş urinişlarini qiyinlaştirgan.
WSJ manbalaridan birining aytişiça, AQŞ bilan aloqalarni uziş orqali Eron norozilik va böysunmaslik signalini yuborgan.
“Tehron, toki Vaşington undan “bosim ostida taslim bölişni” talab qilar ekan, heç qanday moslaşuvçanlik körsatmaydi”, deb qöşimça qilgan “Reuters” bilan suhbatda Eronning yuqori lavozimli manbasi.Uning sözlariga köra, Qatar keça, 6 aprel kuni AQŞ va Yaqin Şarq davlatlariga Tehronning quyidagi mazmundagi murojaatini yetkazgan: agar Tramp tahdid qilganidek amerikaliklar elektr stantsiyalariga zarba bersa, “Eronning qasos zarbalaridan söng butun mintaqa va Saudiya Arabistoni zim-ziyo zulmatga ğarq böladi”.
“Agar vaziyat nazoratdan çiqib ketsa, Eronning ittifoqçilari Bob al-Mandab böğozini ham yopib qöyişadi”, degan manba.