Putin yetakçilarni qanday ovqatlar bilan mehmon qildi?
9-05-2025, 11:53
1 244 марта
Keça, 8 may kuni Kreml saroyida Ğalaba bayrami munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va uning xorijlik mehmonlari, 27 davlatning oliy mansabdor şaxslari keçki ovqatda qaymoq, kiyik göşti qöşilgan baliq şörvasini yeb, rus vinolarini içdi. Menyu “Pul pervogo” Telegram-kanali tomonidan elon qilindiBirinçi taom
Avvaliga Kreml mehmonlariga qisqiçbaqa va qulupnay qöşilgan salat, söngra baliqlar va ikra bilan çuçvara tortildi. Birinçi taom uçun ikkita tanlov bor edi: buzoq göşti bilan borş yoki baliq şörva.
Ikkinçi taom
Ikkinçi ovqat oldidan davlat rahbarlari mevali şarbat tatib kördi. Ikkinçi taom kengroq tanlovga ega edi: mini-sabzavotli halibut filesi, yovvoyi qöziqorinli kiyik göşti yoki quşqönmas bilan karamellangan ördak.
Desert va vinolar
Desert uçun mehmonlarga vanilli muzqaymoqli olma pirogi taklif qilindi. Qrimdan oq va Krasnodar ölkasidan qizil vino keltirildi. Ikki vino ham 2022 yilda işlab çiqarilgan. Vino zavodining rasmiy veb-saytida oq vinoning 0,75 litrli şişasining narxi 2,5 ming rublni taşkil qiladi.
Kreml boş oşpazi Anatoliy Galkinning malum qilişiça, Kremlda Ğalaba kunini nişonlaş uçun menyu Yangi yildan keyin tayyorlana boşlanadi. Ovqatlarni tatib köriş va tasdiqlaş bayramga qadar amalga oşiriladi