USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mask OpenAI rahbarini lavozimidan çetlatmoqçi

62 марта

Mask OpenAI rahbarini lavozimidan çetlatmoqçi

Milliarder Ilon Mask OpenAI boş ijroçi direktori Sem Altman va kompaniya prezidenti Greg Brokmanni işdan böşatişga harakat qilmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Malum qilinişiça, Mask 2024 yilda OpenAI (ÇatGPT işlab çiquvçisi) rahbariyatini kompaniyaning dastlabki notijorat maqsadlaridan voz keçganlikda ayblab, davo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Naşrning yozişiça, Mask uşbu vadalarga işonib, kompaniyaga 38 million dollar xayriya qilgan. Keça, 7 aprel kuni taqdim etilgan navbatdagi sud hujjatida Maskning yuristlari agar sud aldovni tan olsa, ularning mijozi talab qiladigan aniq çoralarni bayon qilgan.
“Davogar Altmanni OpenAI notijorat kengaşidagi direktorlik lavozimidan hamda Altman va Brokmanning ikkalasini OpenAI tijorat bölinmasidagi lavozimlaridan çetlatiş töğrisida qaror çiqarilişiga harakat qiladi”, deydi yuristlar.
Ularning sözlariga köra, agar xayriya taşkiloti rahbarlari va direktorlari taşkilotning ijtimoiy missiyasini himoya qilmasa yoki bajarmasa, ularni lavozimidan çetlatiş odatiy çora hisoblanadi.
Şuningdek, Mask suddan OpenAI kompaniyasini tölaqonli notijorat taşkilot sifatida işlaşga qaytariş majburiyatini yuklaşni söramoqda. Malum qilinişiça, qayta taşkil etilgandan söng OpenAI notijorat tuzilma sifatida boşqarilmoqda va uning ÇatGPT kiradigan tijorat bölinmasida 26 foizlik uluşi bor. Uşbu iş böyiça sudyalar hayatini tanlaş joriy yilning 27 aprel kuni boşlanişi kerak.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: