USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tinçlik muzokaralarida Mujtaba Xominaiy ham iştirok etgani malum böldi

62 марта

Tinçlik muzokaralarida Mujtaba Xominaiy ham iştirok etgani malum böldi

Donald Tramp Eronga «butun bir tamaddunni yöq qiliş» bilan tahdid solayotgan bir pallada parda ortida AQŞ prezidentiga yaqin manbalar ham natijasidan bexabar bölgan faol diplomatik jarayon ketayotgan edi. Va bu muzokaralarda birinçi marta Eronning yangi diniy rahnamosi Mujtaba Xominaiy ham iştirok etdi, deya yozadi Axios naşri. Naşr suhbatdoşlariga köra, Xominaiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan muloqotni yozma tarzda kurerlar vositasida olib borgan, ammo aynan uning roziligi sulhga erişişda hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan. Bu vaqtda Pentagondagi mulozimlar va AQŞning Yaqin Şarqdagi kuçlari Eron infratuzilmasiga yopirilma zarba berişga tayyorlanayotgandi, hujumni bekor qiliş haqidagi buyruq Trampning ultimatumi muddati yakuniga bir neça soat qolganida keladi. Axios sulh böyiça muzokaralar qanday keçgani haqida hikoya qildi.



6 aprel kuni, Tramp Oq uyda Pasxa bayramiga yiğilganlar bilan muloqot qilayotgan bir paytda, AQŞning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff «juda ğazabnok» holatda telefon orqali muzokara ötkazayotgandi. Axios manbalariga köra, u vositaçilar bilan  muloqotda Erondan olingan 10 banddan iborat taklifni «halokat» va «ofat» deb atagan.

Şundan keyin tuzatişlar seriyasi boşlangan: pokistonlik vositaçilar Uitkoffning yangi variantlarini Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiga yetkazgan, Misr va Turkiya taşqi işlar vazirlari esa kelişmovçilikni bartaraf etişga harakat qilişgan.
Duşanba kuni oxirigaça ikki haftalik öt oçişni töxtatiş böyiça yangilangan taklif AQŞ tomonidan maqullandi. Qaror Mujtaba Xominaiyda qolgandi. Naşr manbalariga köra, u «muzokaralarda faol iştirok etgan» – ammo uning iştiroki qatiy maxfiylik çoralariga asoslangandi va u Isroil tomonidan suiqasd xavfi tufayli yozma qaydlarni yetkazib beruvçi kurerlar orqali muloqot qilgan.

Seşanba tongida muzokaralarda oldinga siljiş közga taşlanadi – ammo bu Trampga navbatdagi tahdidli bayonotlar berişi, çorşanbaga ötar keçasi «butun tamaddun yöq bölişi» mumkinligini aytişiga tösqinlik qilmaydi. Bu vaqtda AQŞ vitse-prezidenti, saylovlar arafasida boş vazir Viktor Orbanni qöllab-quvvatlaş uçun Vengriyaga kelgan Jey Di Vens ham muzokaralarga qöşiladi, u asosan Pokiston vakillari bilan telefon orqali boğlanadi.

Vaşington vaqti bilan 7 aprel kuni tuşga yaqin (Toşkent vaqti bilan taxminan soat 21:00 ) tomonlarda «umumiy anglaşuv» şakllangandi, uç soat ötib esa Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQŞ prezidentini öz dedlaynini ikki haftaga keçiktirişga, Eron rahbariyatini esa Hörmuz böğozini oçişga çaqiradi.
Trampga uning uruş tarafdori bölgan ittifoqçilaridan qönğiroqlar va xabarlar kela boşlaydi – ular prezidentni uşbu taklifni rad etişga undardi. Axios naşri qayd etişiça, bu soatlarda şunday xaos yuzaga kelganki, Tramp bilan atigi bir-ikki soat oldin gaplaşganlarning köpçiligi u taklifni rad etadi deb hisoblagan – ammo u yakunda taklifni qabul qilgan.
Tramp sulh haqida elon qilişdan biroz oldin Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan gaplaşib, uning öt oçişni töxtatiş tartibiga rioya qiliş majburiyatini oladi. Keyin esa AQŞ prezidenti kelişuvni yakunlaş uçun Pokiston feldmarşali Asim Munir bilan boğlanadi. Trampning Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida sulh haqidagi post elon qilinişidan 15 daqiqa ötib Amerika qöşini ortga qaytiş haqida buyruq oladi.

Axios naşrining ikki suhbatdoşi Xominaiy kelişuvni maqullaşini «katta natija» deb atagan. Ularning sözlariga köra, bu ikki kun mobaynida barça muhim qarorlar Eron oliy rahnamosi tasdiğidan ötgan. «Uning yaşil çiroğisiz kelişuv amalga oşmagan bölardi», – deydi naşrning mintaqadagi manbasi. Şu bilan birga, Axios manbalari Xominaiy ahvoli va uning qayerdaligi haqida töxtalmagan, holbuki şu kunlarda The Times Amerika va Isroil razvedka xizmatlariga tayanib, oliy rahnamo Qumda davolanayotgani, oğir ahvolda ekani tufayli «qandaydir qarorlarni qabul qilişda iştirok eta olmasligi» haqida yozgandi.

Endi AQŞ va Eron rasmiy muzokaralarga tayyorlanmoqda, dastlabki malumotlarga köra, keng qamrovli muzokaralar 10 aprel kuni boşlanadi. Axios malumotiga köra, Amerika delegatsiyasiga AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens rahbarlik qiladi. U 8 aprel kuni Budapeştdagi çiqişida sulhni «mört» deb atagan. Uning sözlariga köra, Eron içkarisida sulh taklifiga munosabat turliça bölgan – taşqi işlar vaziri bunga ijobiy munosabatda bölgan, qolganlar esa AQŞning harbiy natijalari va rejalari ölçami yuzasidan «aldaşgan». «Yaxşi kelişuvga erişiş uçun muzokaralar stoliga ötirişni va biz bilan hamkorlik qilişni istovçilar bor va biz erişgan mört sulh haqida yolğon gapiruvçilar ham bor», – degan Vens.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: