USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olimlar ogohlantiradi: plastik idişdagi ovqatni mikrotölqinli peçda isitiş xavfliligi ilmiy jihatdan tasdiqlandi

154 марта

Olimlar ogohlantiradi: plastik idişdagi ovqatni mikrotölqinli peçda isitiş xavfliligi ilmiy jihatdan tasdiqlandi

Plastik idişlar mikrotölqinli peçda isitilganda, milliardlab nanometr ölçamdagi zarraçalar oziq-ovqatga ötişi mumkin. Bu haqda 2023-yili AQŞdagi Nebraska-Linkoln universiteti mutaxassislari jamoasi malum qildi.

Olimlar polipropilen va polietilendan tayyorlangan bolalar ozuqasi idişlari yordamida bir qator tajribalar ötkazdi. Bunday idişlar AQŞ Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) tomonidan foydalaniş uçun maqullangan va xavfsiz deb topilgan.
1000 Vt quvvatli mikrotölqinli peçda uç daqiqa isitilgaç, idişlardagi turli suyuqliklarda mikroplastik (diametri kamida 1/1000 millimetr) va nanoplastik (undan ham maydaroq) mavjudligi tahlil qilindi. Natija hayratlanarli böldi.
Olimlar nimani aniqladi?
Zarraçalar miqdori turliça bölsa-da, tadqiqotçilarning hisob-kitoblariga köra, mikrotölqinli peçda atigi uç daqiqa isitiş natijasida plastmassaning birgina kvadrat santimetridan 4,22 million dona mikroplastik va 2,11 milliard dona nanoplastik zarraçasi ajralib çiqqan.
Foto: sciencealert.com
“Biz muayyan mahsulotlarni istemol qilganimizda, odatda, ularning kaloriyasi, şakar miqdori va boşqa ozuqaviy moddalari haqida xabardor bölamiz, deydi Linkolndagi Nebraska universiteti ekologi Kazi Albob Husayn. — Oziq-ovqatimiz tarkibidagi plastik zarraçalari miqdoridan xabardor böliş ham xuddi şunday muhim”.
Tadqiqotçilarning aniqlaşiça, polipropilen yoki polietilen idişlardagi suv yoki sut mahsulotlarini mikrotölqinli peçda isitiş plastmassaning eng yuqori konsentratsiyada ajralib çiqişiga olib kelar ekan. Oziq-ovqat va içimliklar sovutilganda yoki xona haroratida saqlanganda ham zarraçalar ajraladi, biroq bunday hollarda ularning miqdori ança kam böladi.
Bu mikroskopik zarraçalarning inson salomatligiga qanday tasir körsatişi hozirça aniq malum emas. Tadqiqotlar ularning içak va asosiy biologik jarayonlarga zarar yetkaziş ehtimoli borligini körsatdi. Olimlarga köra, organizmga plastmassa qança kam tuşsa, şunça yaxşi.
72 soat davomida işlov berilmagan (çapda) va mikro va nanoplastiklar bilan işlov berilgan (öngda) buyrak embrional hujayralari. Foto: sciencealert.com

Olimlar tomonidan östirilgan va plastik zarraçalar tasiriga uçragan embrional buyrak hujayralari xavotir uyğotmoqda — ularining 77 foizi nobud bölgan. Garçi bu buyraklar ham xavfli konsentratsiyalarning bevosita tasiriga uçraydi degani bölmasa-da, uşbu holat mikroplastik va nanoplastikning, ayniqsa, rivojlanayotgan organizmlar uçun potentsial toktsikligi haqida malum bir tasavvur beradi.

“Biz kamroq zarraça çiqaradigan polimerlarni topişimiz kerak, — deya xulosa qiladi mutaxassis. — Umid qilamanki, bir kun kelib mahsulotlarda “mikroplastiksiz” yoki “nanoplastiksiz” degan yorliqlar paydo böladi”.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: