Yilning eng yaxşi fotosuratlari elon qilindi (fotojamlanma)
11-04-2026, 05:05
347 марта

Yilning eng yaxşi fotosuratlari elon qilindi (fotojamlanma)
Keça, 9 aprel kuni World Press Photo 2026 tanlovining mintaqaviy ğoliblari elon qilindi. Jami 42 nafar fotosuratçi turli yönalişlar böyiça taqdirlandi.
Quyida 2026 yilning turli kategoriyalarda ğolib bölgan suratlar töplami keltirilmoqda. Yilning eng yaxşi fotosurati va ikki nafar finalçi joriy ylning 23 aprel kuni elon qilinadi.

1. “Umidsiz iltijo”. Xitoydagi Tay Po turarjoy majmuasi yonib ketgan payta şu binoda yaşovçi Vongning faryodli tasviri aks etgan. U yonğindan bir neça daqiqa avval bino içida qolib ketgan rafiqasi bilan qönğiroqlaşib, sönggi marta gaplaşgan. Xitoy Gong Kong, 2025 yil 26 noyabr.
Yonğin 168 kişining hayotiga zomin bölgan bölib, bu Gong Kong tarixidagi 1948 yildan beri eng halokatlisi hisoblanadi. Rasmiy sabab hali elon qilinmagan bölsada, ötkazilgan tekşiruvlar şuni körsatdiki, bambukdan qilingan quriliş iskala, himoya törlari va derazalardagi yonuvçan penoplast panellar yonğin tarqalişini kuçaytirib, aholining binodan çiqib ketişini qiyinlaştirgan.

2. “Iqlim özgarişi”. 2022 yilgi qurğoqçilik paytida La Bosa töğoni suv siğimi 8,5 foizgaça kamayganidan söng sayyohlik kemasi quruqlikka çiqib qolgan holda turibdi. Meksika, Santyago, 2022 yil 20 iyun.
.jpg)
3. “Miley hukumati davridagi Argentina”. Uşbu suratda pensionerlarning norozilik namoyişi paytida politsiya ruhoniy Jorge Romeroni hibsga olgani aks etgan. Kambağallar tarafida ruhoniylar guruhi pensiya miqdorining oşmasligiga va asosiy tibbiy xizmatlar qisqartirilişiga qarşi ötkaziladigan haftalik namoyişlarda iştirok etgan. Argentina, Buenos-Ayres, 2025 yil 14 may.
.png)
4. “Emma”. Yolğiz qariya Valtraud Emma nomli robot bilan suhbatlaşmoqda. Emma yuzlarni taniy oladi va oldingi suhbatlarni eslab qoladi. Valtraud boşida şubha bilan qaragan bölsada, vaqt ötişi bilan u Emma bilan özini yaqin his qila boşlaganini aytgan.
Germaniyada qariyalar uylarida ikki asosiy muammo mavjud: xodimlar yetişmasligi va yolğizlik. 80 yoşdan oşgan har beş nafar aholining biri özini juda yolğiz his qiladi. Şu sababli myunxenlik startap tomonidan yaratilgan Emma kabi ijtimoiy robotlar sinovdan ötkazilgan. Germaniya, Alberşausen, 2025 yil 3 iyul.
.png)
5. San-Lukas maydonida kommunal xizmat xodimlari qon izlarini yuvib tozalamoqda. Misli körilmagan darajadagi qurbonlar soniga va asosiy jinoiy guruh rahbarlarini qölga oliş muvaffaqiyatsiz tugaganiga qaramay, davlat hukumati bu operatsiyani muvaffaqiyatli deb elon qilgan. Rio-de-Janeyro, 2025 yil 29 oktyabr.
Mamlakatdagi “Qizil qömondonlik” jinoiy guruhiga qarşi Alemao majmuasi va Penha favellari (Rio-de-Janeyrodagi kambağal mahalla hududi)da politsiyaning katta opertsiyasi ötkazilgan. Bu reyd davomida 2 500 nafar mahalliy va harbiy politsiya xodimi jalb qilingan bölib, u Braziliya tarixidagi eng qonli operatsiyaga aylangan. Umumiy hisobda 122 kişi halok bölgan.
.png)
6. “Los-Anjeles olov içida”. Suratda kuçli şamollar fonida Palisadeys yonğini bir mahallani vayron qilmoqda. Los-Anjelesdagi yonğinlar oqibatida mulkka yetgan zarar 28 milliard dollardan 53,8 milliard dollargaça baholangan bölib, bu minglab mahalliy bizneslar faoliyatini izdan çiqargan. Los-Anjeles, Kaliforniya, 2025 yil 7 yanvar.
Qattiq qurğoqçilik va soatiga 160,9 kilometr tezlikdagi şamollar Los-Anjeles böylab 14 ta yirik örmon yonğinini yuzaga keltirgan. Oqibatda 18 000 dan ortiq bino vayron bölgan, 200 000 kişi esa uylarini tark etişga majbur bölgan. Rasmiy malumotlarga köra 31 kişi halok bölgan bölsa-da, soğliqni saqlaş tadqiqotlari zaharli tutun va tibbiy yordam uzilişi oqibatida yana 440 ta ölim holati qayd etilgan.
.png)
7. “Qörqib ketyapman”. Atifa Malmastok Oila soğliq markazida özining sönggi yordamini amalga oşirmoqda. U dori-darmonlar tugab qolgani va işni davom ettiriş imkoniyati yöqligi sababli uning oxirgi faoliyati bölişini aytgan. Afğoniston, Daykundi viloyati, 2025 yil 22 iyul.
Afğonistonda tibbiy yordamning qisqarişi homilador ayollarga yanada qiyinçilik tuğdirgan. Oqibatda köplab ayollar farzandini uy şaroitida dunyoga keltirişga majbur bölmoqda. Bu esa dunyoda onalar ölimi eng yuqori bölgan mamlakatlardan biri hisoblangan davlat uçun juda oğir holatdir. Şu bilan birga, mamlakat böylab 422 ta tibbiy muassasa, jumladan kiçik mahalla klinikalari ham yopilgan.
.png)
8.“Manasilos: hayotga qaytiş”. Çarçagan Manasilos kötarib olib ketilmoqda. Manasilos bayrami (Fiesta de los Manacillos) – mahalliy jamoa tomonidan Muqaddas hafta (Holy Week) davomida ötkaziladigan ananaviy marosimdir. Ananaga köra, Manasilos bayramning dastlabki 48 soati davomida uxlamasligi kerak. Kolumbiyaning Tinç okeani yomğir örmonlari içkarisida joylaşgan bu hududga faqat daryo böylab 10 soatlik qayiq sayohati orqali yetib boriş mumkin. Bu jamoa 1700-yillarda qul qilib olib kelingan afrikaliklarning avlodlaridan taşkil topgan afro-avlodli aholi hisoblanadi. Bugungi kunda ular noqonuniy konçilik, daraxt kesiş va qurolli mojarolar kabi xavflarga qarşi kuraşib yaşamoqda.
.png)
9. “Öğirlangan talim”. Al-Şaddadi şahrida joylaşgan maktabda IŞID ekstremistlari yuzlab darsliklarni yoqib yuborgan. Maktablarning kamida törtdan biri zarar körgan yoki butunlay vayron qilingan. Suriya. 2016 yil 11 aprel. BMT malumotiga köra, dunyo böyiça 234 million maktab yoşidagi bolalarning 85 millioni talim oliş imkoniyatidan mahrum. Maktablar vayron qilinmoqda, öqituvçilar öldirilmoqda yoki boşqa joyga köçişga majbur bölmoqda, darsliklar yoqib yuborilmoqda, sinfxonalar esa harbiy bazalarga aylantirilmoqda.
.png)
10. “Sudan uruşi: qamalgan xalq”. Omdurman Sudanda 2023 yil aprelidan beri uzluksiz jangovar harakatlar davom etayotgan hudud. 2024 yil 25 oktyabr. 2019 yildagi inqilob önlab yillar davom etgan diktaturani ağdarib, Sudanda demokratik umidlarni uyğotgan edi. Biroq 2021 yildagi harbiy töntariş bu umidlarni yöqqa çiqardi. Mamlakat armiyasi va yarim harbiy kuçlari bir-biriga qarşi çiqib, dunyodagi eng oğir gumanitar inqirozlardan biriga aylangan uruşni boşlab yubordi. Bugungi kunda taşqi kuçlar ham qurol yetkazib beriş orqali mojaroni yanada kuçaytirmoqda. Oqibatda 13 milliondan ortiq odam öz uyini tark etişga majbur bölgan, kamida 150 ming kişi esa halok bölgan.
.png)
11. “Portlenddagi noroziliklar”. Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati qayta işlaş markazi oldida xavfsizlik xodimlari va boşqa federal idoralar vakillari namoyişçilar bilan töqnaşgan. AQŞ, Oregon. 2025 yil 24 iyun. 2025 yilda Tramp mamuriyati immigratsiya nazoratini çegara hududlaridan mamlakat içki qismiga köçirdi. Ular kuniga 3000 ta hibsga olişni maqsad qilgan va maktablar, şifoxonalar, sudlar hamda ibodat joylari uçun mavjud himoya çoralarini bekor qilgan. Portlend özining ştat va mahalliy huquq-tartibot organlariga federal immigratsiya nazorati bilan hamkorlik qilişni taqiqlagani sababli, qarşilik harakatlarining markaziga aylangan.
.png)
12. “AQŞ immigratsiya xizmati tomonidan odamlarni qölga oliş”. Xavfsizlik xodimi oilalar bölinib ketayotganiga guvoh bölgani uçun öz hislarini yaşira olmay yiğlamoqda. Xavfsizlik xodimlari tobora keskinlaşib borayotgan sud muhitida federal agentlar, oilasi ajralib ketayotgan odamlar va namoyişçilar orasida qolib ketmoqda. AQŞ, Nyu-York, 2025 yil 20 avgust. 2025 yilda immigratsiya siyosatidagi özgarişlar oqibatida sud binolari deportatsiya jarayonlarining asosiy markazlariga aylangan. Niqob taqqan agentlar sud qaroridan keyin darhol noqonuniy migrantlarni hibsga oladi. Bu esa köp hollarda oilalarning oğir ruhiy jarohat bilan ajralişiga sabab bölar edi.
.png)
13. “Çavandoz ayollar”. Sidi Raxalda Gita Jiat özining itoatsiz ayğirini boşqarmoqda. Uning otasi unga uzoq vaqt davomida Tburidada iştirok etişni taqiqlab kelgan bölsa-da, u 2025 yilda orzusini amalga oşirib, pioner Zahiya Abulayt bilan birga ot minişga erişdi. Tburida UNESCO tomonidan tan olingan, XVI asrga borib taqaladigan Marokaşning ananaviy ot bilan boğliq madaniyatidir. Otliq guruhlar bir tekis safda çopib, xoreografiya asosida taşkil etilgan harbiy otliq sahnasini namoyiş qiladi va bir vaqtning özida miltiqdan öq uzadi. Tarixan bu ananada ayollar çeklab qöyilgan bölsa-da, Marokaşda 2004 yildagi oila qonunlari islohotlaridan söng ayol otliqlar ham bu sohada iştirok etiş uçun kuraşa boşlagan.

14. “Ğazoga guvohlik”. Falastindagi Xon Yunus şahrida ozod qilingan mahbus va tutqunlar Nosir şifoxonasiga yetib kelmoqda. Ular öt oçişni töxtatiş kelişuvi doirasida Isroil qamoğidan ozod qilingan. Isroil deyarli 2000 nafar falastinlikni qöyib yuborgan. Ğazo, 2025 yil 13 oktyabr. 2025 yilda Falastindagi fuqarolar oçlik, oçarçilik va uzluksiz bombardimonlar ostida qoldi. Qurbonlar soni 75 000 dan oşib ketgan, Isroil hukumati esa qatiy çeklovlarni joriy qilgan.