Gonkong tarixidagi eng halokatli yonğin. Fojia haqida nimalar malum? (fotoreportaj)
27-11-2025, 19:47
348 марта

Gonkong tarixidagi eng halokatli yonğin. Fojia haqida nimalar malum? (fotoreportaj)
Gonkongda sodir bölgan yirik yonğinda 55 kişi halok böldi. Yana 45 nafar jarohatlangan şaxs oğir ahvolda. Taypo tumanidagi turarjoy majmuasida sodir bölgan yonğindan keyin 279 nafar aholi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Olov bir vaqtning özida bir neçta baland binolarni qamrab olgan.Gonkongdagi bu yonğin şahar tarixidagi turarjoy binosida sodir bölgan eng halokatli yonğin böldi. Quyida nimalar sodir bölgani haqida malumotlar keltirilgan.

Yonğin keça, 26 noyabr kuni taxminan 4 ming aholi yaşaydigan Taypo majmuasi binolaridan birida boşlangan. Dastlab yonğin birinçi toifa deb baholangan, biroq mahalliy vaqt bilan 15:34 da xavf darajasi törtinçi darajaga, 18:22 da esa eng yuqori – beşinçi darajaga kötarilgan. Gonkongda sönggi marta beşinçi darajali yonğin 2008 yilda, tungi klubdagi yonğinda qayd etilgan. Öşanda 4 kişi halok bölgan, 55 kişi jarohat olgan.


Majmuada keng kölamli tamirlaş işlari olib borilgan. Tarqatilgan kadrlarda olov avval bambukdan qurilgan quriliş tösinlarini qamrab olgani körinadi. Yongan yaşil quriliş setkalarining bölaklari yerga tuşib, yonğinning tarqalişini tezlaştirgan. Tösinlar böylab olov binolar fasadlari böylab tez kötarilgan. Aholining bir qismi binolarning içida qolib ketgan. Öt öçiruvçilar borgan paytda olov bir neça binoni birdaniga qamrab olib ulgurgan.



“Bu yerda töliq tartibsizlik. Hukumatdan heç qanday körsatma yöq”, deydi guvohlardan biri.

26 noyabr kuni keçqurun rasmiylar 36 kişining halok bölganini tasdiqlagan. 27 noyabrga ötar keçasi qurbonlar soni 44 taga yetgan, ertalab esa 55 nafar deb malum qilingan. Kompleksning 279 nafar aholisi hali ham bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.