Durov YeIni Telegram’ga bosim ötkazişda aybladi
11-04-2026, 16:05
52 марта

Durov YeIni Telegram’ga bosim ötkazişda aybladi
Yevropa Ittifoqi öz nazoratidagi nodavlat taşkilotlar (NNT) va ommaviy axborot vositalari orqali kuzatuv hamda tsenzurani kuçaytirişga bölgan urinişlarini oqlaşga harakat qilmoqda. Bu haqda Telegram asosçisi va egasi Pavel Durov öz kanalida malum qildi.Uning sözlariga köra, Yevropaning AI Forensics nodavlat taşkiloti Jorj Soros tomonidan moliyalaştiriladi va uşbu taşkilot Yevropa komissiyasi manfaatlari uçun işlaydi.
“AI Forensics taşkiloti Telegram’ni muammo deb hisoblaydi, çunki odamlar boşqa ijtimoiy tarmoqlardagi kontentni messenjerning yopiq guruhlarida muhokama qilişlari mumkin”, deb yozdi Pavel Durov.Şuningdek, u France24 davlat telekanalining AI Forensics tadqiqotiga tayanilgan maqolasidan skrinşot ilova qilgan. Uşbu tadqiqotda aytilişiça, Telegram’ning qariyb 25 ming foydalanuvçisi bolalar pornografiyasi, dipfeyklar (suniy intellekt yordamida yaratilgan soxta tasvirlar) va ayollarning roziligisiz olingan oçiq fotosuratlarini tarqatiş hamda sotişda iştirok etgan. Tadqiqot mualliflarining taxminiça, bunday materiallar uçun boşqa maşhur ijtimoiy tarmoqlar manba bölib xizmat qilgan, messenjer esa “boğlovçi tugun” vazifasini bajargan.
“Uşbu “nodavlat” taşkilotning aql bovar qilmas iddaolari global naşrlar (“El Pais”, “Der Spiegel”, “Wired” va AFP) tomonidan tarqatilmoqda, ulardan esa Frantsiyaning “erkin” matbuoti (“Le Parisien”, “20 Minutes”, “Ouest-France”, “Le Figaro”) nusxa köçirmoqda”, deydi Pavel Durov.U, şuningdek, jamoatçilikni manipulyatsiya qilişga qaratilgan bu kabi urinişlarning oldini oliş zarurligini, çunki ulardan odamlardagi erkinlikni tortib oliş uçun foydalanilayotganini qöşimça qilgan.