Durov Rossiyadagi Telegram uzilişlarini tanqid qildi
12-02-2026, 09:09
131 марта

Durov Rossiyadagi Telegram uzilişlarini tanqid qildi
Rossiyada foyfalanuvçilar bir neça kundan beri Telegram messenjeri faoliyatida muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabar bermoqda. Bu holat keça, 10 fevral kuni Roskomnadzorning messenjer faoliyatini çeklaş haqidagi qaroridan keyin yuz bergani aytilmoqda.Telegram asosçisi Pavel Durov mazkur vaziyatga munosabat bildirib, platforma söz erkinligi va foydalanuvçilarning şaxsiy hayotiga hurmat tamoyillariga sodiq qolişini malum qildi.
“Fuqarolarning erkinliklarini çeklaş heç qaçon töğri qaror emas. Telegram har qanday bosimdan qati nazar, söz erkinligi va şaxsiy hayot daxlsizligini himoya qiladi”, deydi Durov.U, şuningdek, 2018 yilda Eron sudi mamlakatda Telegram’dan foydalanişni taqiqlaganini eslatdi. Durovning sözlariga köra, öşa paytda ham çeklovlar kutilgan natijani bermagan.
“Sakkiz yil oldin Eron ham xuddi şunday strategiyani sinab körgan va muvaffaqiyatsizlikka uçragan edi. Taqiqqa qaramay, aksariyat eronliklar cenzurani çetlab ötib, Telegram’dan foydalanişda davom etmoqdalar”, deydi u.