Rossiya mamlakatda Telegram faoliyatini çeklaşni boşladi
10-02-2026, 19:11
255 марта

Rossiya mamlakatda Telegram faoliyatini çeklaşni boşladi
Bugun, 10 fevraldan boşlab Rossiyada Telegram messenjeri faoliyati qisman çeklana boşladi. Bu haqda RBK xabar berdi.Sönggi kunlarda foydalanuvçilar orasida messenjer işlaşidagi uzilişlar böyiça şikoyatlar köpaygani qayd etilgan. Bundan oldin ham, yani 2025 yil avgust oyida Rossiya rasmiylari Telegram’dagi qönğiroqlarni çeklagan edi. Rasmiylar öşanda bu ilova firibgarlik uçun işlatilayotganini bildirgan.
Davlat dumasi deputati Sergey Boyarskiy joriy yilning yanvar oyida Telegram’ni töliq bloklaş rejalaştirilmaganini aytgandi. Uning aytişiça, messenjerda biznes va foydalanuvçilar uçun muhim bölgan köplab axborot kanallari mavjud.
Telegram Rossiyada ilgari ham çeklovlarga uçragan. 2018 yilda u Federal xavfsizlik xizmati talabiga binoan şifrlaş kalitlarini topşirişdan boş tortgani sabab bloklangan. 2020 yilda esa Telegram asosçisi Pavel Durov hukumat bilan ekstremizmga qarşi kuraşda hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgaç, çeklovlar olib taşlangan.