Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qönğiroqlar qisman çeklovga uçradi
14-08-2025, 09:04
390 марта
Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qönğiroqlar qisman çeklovga uçradiRossiyada mamlakat böyiça eng maşhur ikki messenjer — Telegram va WhatsApp orqali qönğiroqlarga qisman çeklovlar joriy etildi. Bu haqda “Roskomnadzor” matbuot xizmati xabar qildi.
Malum qilinişiga köra, uşbu çora firibgarlik, pul undiriş, qöporuvçilik va terrorçilik faoliyatiga jalb qiliş maqsadida bu ilovalardan foydalanayotgan jinoyatçilarga qarşi kuraşiş uçun qabul qilingan.
Idora aniqlik kiritişiça, çeklovlar faqat qönğiroqlar funktsiyasiga taalluqli bölib, ilovalarning qolgan imkoniyatlari özgarişsiz qoladi.
Davlat Dumasining axborot siyosati böyiça qömitasi azosi Anton Nemkin takidlaşiça, qönğiroqlarni bloklaş fuqarolarni telefon va internet firibgarliklaridan himoya qiliş uçun zarur. Uning sözlariga köra, Telegram va WhatsApp — jinoyatçilar rossiyaliklarni aldaydigan asosiy platformalardan hisoblanadi.
Biroq, Rossiya Markaziy bankining 2025 yil fevralda elon qilingan 2024 yilgi söroviga köra, firibgarlar malumot va pullarni öğirlaş uçun messenjerlardan (15,7 foiz holatlarda) köra, uyali aloqa va SMS xabarlardan (45,6 foiz holatlarda) uç barobar köproq foydalanadilar. Şuningdek, “Roskomnadzor” asosiy etiborni aynan messenjerlardagi qönğiroqlarni çeklaşga qaratgan.
Çeklovlarga javoban Telegram öz platformasidagi zararli faoliyat, jumladan, firibgarlik va zöravonlikka çaqiriqlarga qarşi faol kuraşayotganini malum qildi.
“Telegram birinçi bölib qönğiroqlar uçun batafsil maxfiylik sozlamalarini joriy etdi. Endi har bir foydalanuvçi kimdan qönğiroqlar qabul qiliş yoki ularni butunlay öçirişni mustaqil ravişda belgilaşi mumkin”, — deyiladi messenjer xabarda.