Özbekistondagi isroilliklardan ommaviy joylarda yahudiy ramzlarni namoyiş qilmaslik söraldi
17-06-2025, 09:06
313 марта
Özbekistondagi isroilliklardan ommaviy joylarda yahudiy ramzlarni namoyiş qilmaslik söraldiSönggi voqealar munosabati bilan Isroilning Toşkentdagi elçixonasi Özbekiston va Tojikiston hududida bölgan Isroil fuqarolarini ehtiyot çoralariga amal qilişga çaqirdi:
—Ommaviy joylarda yahudiy yoki isroillik ramzlarni namoyiş qilişdan saqlaniş;
—Ijtimoiy tarmoqlarda joylaşuvi yoki harakat rejalari haqida malumot bermaslik;
—Isroil yoki yahudiylik bilan boğliq ommaviy tadbirlardan çetda böliş;
—Mahalliy xavfsizlik xizmati körsatmalariga töliq amal qiliş va tahdid holatida darhol ularga böysuniş;
—Ommaviy joylarda yanada huşyorlikni oşiriş.
—Faqat işonçli ilovalar orqali taksi çaqiriş, notaniş maşinalarga ötirmaslik.
Ular +998-93-172-58-00 (elçi örinbosari va konsul Liron Mizraxi Unger) raqamiga yoki Isroil hukumatining "Nativ" taşkilotiga tegişli favqulodda aloqa markaziga +998-90-054-81-39 (şu jumladan WhatsApp yoki Telegram orqali) raqami orqali rus tilida yordam oliş uçun kun-u tun murojaat qilişlari mumkin.