Endi biometrik malumotlarini topşirmagan migrantlarning mobil aloqasi öçiriladi
1-07-2025, 22:39
259 марта
Endi biometrik malumotlarini topşirmagan migrantlarning mobil aloqasi öçiriladi2025 yil 1 iyuldan Rossiyadagi Yagona biometrik tizimda (YaBT) röyxatdan ötmagan çet elliklarning mobil aloqasi öçirilmoqda. Bu haqda "Mintsifri Rossii" Rossiya axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga köra, yil boşidan çet el fuqarolari SIM-karta oliş uçun YaBTda röyxatdan ötişi, SNILS (Rossiyada fuqaroning şaxsiy suğurta raqami) va Rossiya davlat xizmatlari yagona portalida akkaunt oçişi şart etib belgilangan. Şu bilan birga, 10 ta SIM-kartadan ortiq rasmiylaştiriş mumkin emasligi takidlangan.
Talablarni bajarmaganlar uçun:
—3 oydan buyon işlatilmagan raqamlar darhol öçiriladi;
—Faol raqamlar böyiça esa bosqiçma-bosqiç çeklovlar qöyiladi: avval xalqaro va şaharlararo qönğiroqlar bloklanadi;
—Internet tezligi pasaytiriladi, 30 kundan söng esa aloqa töliq öçiriladi. Şu muddat içida foydalanuvçilar şartnomani qayta rasmiylaştirişi mumkin böladi.
Rossiyada bölgan çet elliklar davlat xizmatlari yagona portalidagi "SIM-kartalar" bölimida öz nomida rasmiylaştirilgan raqamlar sonini tekşiriş, ortiqça raqamlar böyiça şartnomalarni bekor qiliş, qolgan raqamlar böyiça aloqa saloniga borib, YaBTdagi biometrik malumotlari orqali şaxsni tasdiqlaş orqali şartnomani qayta rasmiylaştirişi mumkin, deyiladi xabarda.