USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyaga kiriş uçun ruID mobil ilovasi orqali töldirilgan arizaning yöqligi mamlakatga kirişni rad etiş uçun asos bölmaydi

324 марта

Rossiyaga kiriş uçun ruID mobil ilovasi orqali töldirilgan arizaning yöqligi mamlakatga kirişni rad etiş uçun asos bölmaydi va çegara nazoratiga tasir qilmaydi. Bu haqda Rossiyaning Özbekistondagi elçixonasi xabar berdi.


«Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 11.07.2024 yildagi 1510-sonli qaroriga qöşimça ravişda malum qilamizki, Rossiya hukumati sinovning bir qismi sifatida ruID ilovasidan foydalangan holda Rossiyaga kiriş uçun ariza töldirişning ixtiyoriy xususiyatiga oid yondaşuvni maqullagan», deyiladi diplomatik missiya xabarida.


Şu bilan birga, elçixona ruID orqali arizani töldirişning afzalliklarini sanab ötdi:

- Içki işlar vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirişga çeklovlar mavjudligini oldindan tekşiriş imkoniyati;

- Rossiya SIM-kartasini sotib oliş uçun zarur bölgan SNILS-ni avtomatik röyxatdan ötkaziş;

- davlat organlari bilan onlayn özaro hamkorlik qiliş va xizmatlarni oliş uçun raqamli profil yaratiş (masalan, ixtiyoriy tibbiy suğurta polisini röyxatdan ötkaziş, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötiş va boşqalar).


Avvalroq Rossiyaning Qozoğistondagi elçixonasi ham malumotlarni ruID orqali töldiriş ixtiyoriy ekanini elon qilgan edi.


Şu bilan birga, Rossiya hukumati tomonidan ruID ilovasidan foydalaniş böyiça tasdiqlangan qoidalar ixtiyoriylik haqida gapirmaydi. Aksinça, «sinov çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun majburiy» ekani qayd etilgan. Ehtimol, Rossiya rasmiylari mobil ilovaning 30 iyun kuni rasman işga tuşirilişidan oldin talablarni yumşatgandir.

Avvalroq, 2025 yil 30 iyundan 2026 yil 30 iyungaça Rossiya hududiga vizasiz tartibda kirişni rejalaştirayotgan xorijiy fuqarolar, jumladan, voyaga yetmaganlar va nogiron şaxslarning qonuniy vakillari uçun ruID ilovasi orqali sinov şaklida raqamli röyxatga oliş joriy etilişihaqida xabar berilgan edi.

ruID mobil ilovasi yetti tilda mavjud: ingliz, arman, qozoq, qirğiz, rus, tojik va özbek. Uni RuStore, Google Play, AppGallery va App Store marketlaridan yuklab oliş mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: