2024 yilda Rossiyaga borgan özbekistonliklar soni oçiqlandi
20-06-2025, 15:32
324 марта

2024 yilda Rossiyaga borgan özbekistonliklar soni oçiqlandi
Rossiyaga 2024 yilda taxminan 6,3 million migrant borgan bölib, ularning qariyb 1,5 millionini Özbekiston fuqarolari taşkil etadi. Bu haqda keça, 19 iyun kuni Rossiya Içki işlar vazirligining migratsiya masalalari böyiça Boş boşqarmasi rahbari Valentina Kazakova Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi çiqişida malum qildi.“Biz pandemiyagaça bölgan körsatkiçlarga qaytdik. 2024 yilda mamlakatga taxminan 6,3 million xorijiy fuqarolar kelmoqda. Ularning taxminan 50 foizi mehnat faoliyati maqsadida kelmoqda”, deydi u.
Xorijiy fuqarolarning asosiy qismini Özbekiston fuqarolari taşkil etadi (23,3%), ulardan keyingi örinlarda Tojikiston (16,7%), Qirğiziston (10,4%) va Belarus (9,5%) fuqarolari turadi.
Şu bilan birga, Rossiya statistika xizmati (Rosstat) 2024 yilda mamlakatdagi migratsion ösiş 568,5 ming kişini taşkil qilganini aniqladi, yani 4 mln 81 ming kişi mamlakatga kirgan, 3 mln 513 ming kişi çiqqan. Unga köra, Tojikistondan 128 ming, Özbekistondan 107 ming, Qirğizistondan esa 105 ming kişi kelgan. Bu 2023 yilga nisbatan migratsion ösiş 2,8 baravarga köpayganini anglatadi.
Bungaça Içki işlar vazirligi Rossiyada 638 mingdan ortiq migrant bolalar borligini malum qilgan. Vazir örinbosari Igor Zubovning sözlariga köra, Moskvada 80 282 nafar voyaga yetmagan xorijlik istiqomat qiladi, ularning atigi 25 ming nafari maktabda öqimoqda.