Rossiyada Telegram va WhatsApp’dan röyxatdan ötiş çeklanmoqda
31-10-2025, 15:03
193 марта

Rossiyada Telegram va WhatsApp’dan röyxatdan ötiş çeklanmoqda
Rossiyada WhatsApp va Telegram yangi foydalanuvçilar uçun röyxatdan ötişni çeklaş boşlandi. Bu haqda “Kod Durova” Telegram-kanali xabar berdi.Malum qilinişiça, Rossiya mobil operatorlariga WhatsApp va Telegram’ning yangi foydalanuvçilari uçun SMS va qönğiroqlarni uzatişni töxtatiş talabi berilgan.
Bazi hollarda xabarlar hali ham yetib kelmoqda, ammo hamma raqamlarga emas. Masalan, “Megafon” va MTS raqamlariga SMS borgan, “Bilayn” raqamlariga esa yöq.
Qayd etiş joiz, joriy yilning avgust oyida Rossiyada Telegram va WhatsApp uçun qönğiroqlarni bloklagan edi, bunga “firibgarlik holatlari” sabab sifatida körsatilgan. Şunga qaramay, xabar almaşiş funktsiyasi çeklanmagan edi.