Rossiyada xorijliklar internetsiz va SMSsiz qoldi
15-10-2025, 18:12
362 марта

Rossiyada xorijliklar internetsiz va SMSsiz qoldi
Rossiyada bölgan xorijliklar mobil internetsiz va köplab onlayn-servislardan foydalaniş imkonisiz qolmoqda, çunki ularning SIM-kartalariga tasdiqlovçi kodli SMS-xabarlar kelmayapti. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar berdi.Rossiyada xorijiy SIM-kartalarga hatto “soviş davri” tugaganidan söng ham SMS-xabarlar kelmayapti. “Soviş davri” rus tarmoğiga birinçi bor ulangan paytdan boşlab 24 soatlik çeklov bölib, uning blokirovkasi 2025 yil oktyabr oyi boşida amalga kiritilgan.
Foydalanuvçilarning takidlaşiça, bu holat SIM-kartaning qaysi davlatga tegişli ekanligiga qaramasdan, barça xorijiy raqamlarga taaluqli.
2025 yil avgust oyida Raqamli rivojlaniş vaziri Maksut Şadayev bunday çorani dronlarda örnatilgan SIM-kartalarga qarşi kuraşiş zarurati bilan izohlangan.
Mobil aloqa va SMS’ning yöqligi jiddiy noqulayliklarga sabab bölmoqda. Foydalanuvçilar, masalan, öz banklaridan SMS kelmagani sababli xorijiy servislar uçun tölov qila olmayotganini aytmoqda.
“Biz kuzatyapmizki, çet elliklar mobil tarmoqlardan tobora kamroq foydalanmoqda. Turistlar rouming qimmatligi va ommaviy Wi-Fi nuqtalari keng tarqalgani sababli Wi-Fi orqali ulanişni afzal körişadi”, dedi “TMT Konsalting” boşqaruvçi hamkori Konstantin Ankilov.Biroq çet elliklar uçun Rossiyada Wi-Fi tarmoqlariga ulaniş ham oson bölmaydi. Qonunçilik talablariga köra, Wi-Fi’dan foydalaniş uçun SMS-identifikatsiyadan ötiş lozim. 2025 yil boşidan çet el fuqarosi Rossiya SIM-kartasini sotib olişi uçun yana bir çeklov joriy etilgan – telefon qurilmasining IMEI raqamini röyxatdan ötkaziş va YePGU (Yagona davlat va munitsipal xizmatlari portali) orqali biometrik malumot topşiriş kerak. Buning öziga esa çet ellik avval YePGUda röyxatdan ötişi, SNILS olişi va bankda hisob oçişi zarur. Natijada çet el turistlarining Rossiya Aloka operatorlariga ulaniş hajmi deyarli nolga tuşdi.