Jey Loning kontsertiga çiptalarning 70 foizini xorijliklar sotib olgani aytildi. Işonamizmi?
8-08-2025, 19:11
214 марта

Jey Loning kontsertiga çiptalarning 70 foizini xorijliklar sotib olgani aytildi. Işonamizmi?
Keça, 7 avgust kuni Toşkent şahridagi “Bunyodkor” stadionida amerikalik megayulduz Jennifer Lopesning kontserti bölib ötdi. Uşbu tadbir uçun 25 mingta çipta sotilgan bölib, şundan 15 mingdan ortiğini yoki 68 foizini xorijliklar sotib olgan. Bu haqda “Axborot 24” dasturida xabar berildi.Qayd etilişiça, mamlakatlar böyiça 7,5 mingta çiptani Rossiya fuqarolari, 2,5 mingdan ortiğini Qozoğiston fuqarolari sotib olgan. Qolgan xaridorlar Yevropa va boşqa mamlakatlardan bölgan.
Kontsert çiptalari narxi 1 million sömdan 4,2 million sömgaça edi. Xabar qilinişiça, kontsertga kelgan xorijliklar Özbekistonga 4-6 kunlik sayohat uçun tur-paketlarni xarid qilgan.