USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş narxi $30–40 dan $100–400 gaça kötarilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

685 марта

UzNews.uz
Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş narxi $30–40 dan $100–400 gaça kötarilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bojxona qömitasi bu borada izoh berdi. 
Idora malumotiga köra, IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş uçun tölov Bazaviy hisoblaş miqdorining 20 foizini (75 ming söm) taşkil etadi. Uşbu tölov miqdorida heç qanday özgariş bölmagan.


“Ehtimol, bunday miş-mişlarni noqonuniy yöllar bilan mobil qurilmalarni olib kirayotgan şaxslar tarqatayotgandir. Ular telefonlarning yuqori narxini UzIMEI tizimi bilan oqlaşga urinişmoqda.
Eslab qoling, agar siz sotib olayotgan telefon mamlakatga qonuniy olib kirilgan bölsa, u holda undagi SIM-kartalar soni yoki elektron SIM-karta mavjudligidan qati nazar, IMEI-kodlari importyor tomonidan allaqaçon röyxatdan ötkazilgan böladi”, — deyiladi Bojxona qömitasi xabarda.

Masalan, joriy yilda Özbekistonga qiymati 188 million AQŞ dollariga teng bölgan 1 million 813 mingdan ortiq telefonlar rasmiy ravişda olib kirilgan. Şu bilan birga, noqonuniy olib kiriş holatlari ham uçramoqda. Joriy yilning şu kungaça bölgan davrida bojxona organlari tomonidan qiymati 16,4 milliard sömga teng bölgan 44 mingdan ortiq telefonlarning noqonuniy olib kirilişi oldi olingan.
Agar telefon noqonuniy olib kelingan yoki deklaratsiya qilinmagan bölsa, uning IMEI-kodini röyxatdan ötkazişda qurilmaning bojxona qiymatidan 30% miqdorida yagona bojxona tölovi undiriladi.

“Masalan, agar siz norasmiy manbadan $1000 ga telefon sotib olgan bölsangiz va u hali tizimda röyxatdan ötmagan bölsa, u UzIMEI tizimida faqat $300 miqdoridagi yagona bojxona tölovi tölanganidan söng röyxatdan ötkaziladi. Yani, bu 30% tölov köp hollarda IMEI röyxatdan ötkaziş tölovi sifatida notöğri talqin qilinmoqda, aslida esa bu yagona bojxona tölovidir”, — deyiladi Qömita xabarida.
Fuqarolarga mobil qurilmalarni olib kirişda ularni yölovçi bojxona deklaratsiyasida, barça IMEI-kodlari bilan birga körsatiş tavsiya etiladi. Bir neça telefonni bojxona tölovlarini tölagan holda erkin olib kirişga ruxsat etiladi.

Şuningdek, telefonlarni faqat rasmiy dökonlardan sotib oliş va IMEI-kodlari röyxatga olinganligini albatta tekşiriş tavsiya etiladi.

“Agar siz xarid qilayotgan telefon tizimda umuman röyxatdan ötmagan bölsa yoki faqat bitta SIM-karta uçun röyxatdan ötgan bölsa, elektron SIM esa röyxatdan ötmagan bölsa — bu telefon noqonuniy olib kirilgan yoki deklaratsiya qilinmagan degan aniq belgi”, — deya tuşuntiriş berdi Qömita.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: