Özbekistonda telefonlarni IMEI röyxatidan ötkaziş narxlari 250 dollargaça kötarildi
8-07-2025, 08:59
765 марта
Özbekistonda telefonlarni IMEI röyxatidan ötkaziş narxlari 250 dollargaça kötarildiToşkentdagi "Malika" bozorida sotuvçilar noqonuniy IMEI röyxatdan ötkaziş narxlarini 250 dollargaça oşirib yuborgan. Ilgari bu xizmat atigi 30–40 dollar bölgan. Bu haqda Potrebitel.uz naşri xabar berdi.
Bu xizmatga asosan, çet eldan telefon olib kelib, kirişda deklaratsiya qilişni unutganlar va eski telefoniga birinçi marta E-SIM qöyganlar murojaat qilmoqda. Çunki tizim köpinça bunday telefonni "yangi qurilma" sifatida körsatadi.
Narxlarning oşişi bojxona tölovlari va yangi deklaratsiya tartibi tufayli köpçilikning uşbu qonun bilan boğlanib qolişi bilan izohlanmoqda.
Aslida, IMEI böyiça joriy etilgan uşbu tartib amaliyotda telefonlarning kulrang bozorini kamaytirişi örniga, aksinça, yangi noqonuniy xizmatlarning rivojlanişiga turtki bermoqda.
Axir, yangi qonunlarning joriy etilişi jinoyat bozorining rivojlanişiga olib kelişi emas, vaziyatni yaxşilanişiga xizmat qilişi kerak emasmi?
Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 oktyabrdan IMEI röyxatdan ötkaziş narxi, 30 kun içida – 75 000 söm, 30 kundan keyin – 93 750 söm etib belgilangandi. Şuningdek, röyxatdan ötkazişdan oldin telefonning bojxona qiymatining 30% miqdorida boj tölaş talab qilinişi malum qilingan edi.