Özbekistondan Tojikistonga 59 ta maşina noqonuniy olib ötildi
4-07-2025, 08:39
109 марта

Özbekistondan Tojikistonga 59 ta maşina noqonuniy olib ötildi
Özbekistonda röyxatdan ötgan 59 ta avtomobilni Tojikiston hududiga olib ötgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.Malum qilinişiça, Toşkent şahar, Toşkent va Namangan viloyatlari Bojxona boşqarmalarining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimlari bilan hamkorlikda Özbekistonda röyxatdan ötgan yengil avtotransport vositalarini Tojikistonga olib ötiş va noqonuniy sotib yuboriş holati bilan şuğulanuvçi 8 nafar şaxs foş etilgan.
Ular BYD, Volkswagen, Kaiyi X3, Honda, Geometry, FAW ID 4 va boşqa rusumlardagi 59 ta avtotransport vositasini har birini 100-200 AQŞ dollari evaziga Tojikistonga ötkazib bergan. Aniqlanişiça, mazkur avtotransport vositalarining barçasi qöşni davlatda noqonuniy tarzda sotib yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bojxona qömitasining Suriştiruv va mamuriy amaliyot boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilib, Özbekiston Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov organiga topşirilgan.