Pavel Durov zaharlanganini malum qildi
1-10-2025, 19:55
438 марта
Pavel Durov zaharlanganini malum qildiTelegram asosçisi Pavel Durov 2018 yil bahorida uni zaharlaşga urinişganini malum qildi. Bu haqda u podkaster Lex Fridmanga bergan intervyusida gapirib berdi.
Durovga köra, u ölim bilan yuzma-yuz kelgan, biroq bu voqeani şu paytgaça heç kimga oşkor qilmagan. U 2018 yilda özining uyi yonida nomalum odamning nimadir taşlab ketayotganini körgan. Söng, Durov huşidan ketib, ertasi kuni közini oçgan. Uning eslaşiça, u qon tomirlari yorilib ketgan holatda uyğongan, ikki hafta davomida esa yura olmagan.
“Men bu haqida avval heç qaçon oçiqlamagaman. Çunki odamlarni qörqitişni istamadim”, degan u.
Öşa paytda Telegram TON (The Open Network) loyihasiga sarmoya yiğayotgan, şuningdek, Rossiya kabi bir neçta davlatlar messenjerni bloklaşga urinayotgan edi. Şundan keyin, Moskva bu urinişlardan 2020 yilda voz keçgan.
Durov hodisa qayerda sodir bölganini oçiqlamagan, ammo u 2017 yilda Dubayga köçib ötgani, u yerda ijarada yaşagani haqida malumotlar bor. Tergovçi jurnalist Kristo Grozev (Skripal va Navalniy zaharlanişlarini örgangan) Durov aytgan belgilar — kuçli oğriq, nafas olişda qiynaliş, köriş va eşitiş qobiliyatining pasayişi — asab tizimiga tasir qiluvçi modda bilan zaharlanişga öxşaşligini takidlagan.