Telegram qariyb 30 millionta kanalni öçirib taşladi
15-08-2025, 17:11
127 марта

Telegram qariyb 30 millionta kanalni öçirib taşladi
Joriy yilda Telegram 20,9 milliondan ortiq kanal blokladi va uşbu körsatkiç messenjer tarixida birinçi marta qayd etildi. Bu haqda Telegram’ning rasmiy saytida xabar berildi.Malumotlarga köra, joriy yilning 27 iyul kuni kunlik blokirovka böyiça sönggi rekord kuzatilib, messenjer administratsiyasi 402 mingdan ortiq kanal va guruhni öçirgan. Şuningdek, joriy yilning 3 iyul kuni ham katta miqdorda – 314 mingdan ortiq kanal bloklangan.
Aniq sabablar oşkor etilmagan bölsa-da, odatda bu turdagi çoralarga messenjer qoidalarini buzgan kanallar va guruhlar duç keladi. Bunga firibgarlik va boşqa ruxsat etilmagan materiallar tarqatiş kiradi. Yaqinda Telegram asosçisi Pavel Durov ham platformani tovlamaçilik va “doksing” (kimningdir şaxsiy malumotini uning roziligisiz tarqatiş) bilan boğliq kanallardan tozalaşni boşlaganini elon qilgan.
Malumot uçun, yaqinda Telegram foydalanuvçi reytingi tizimini joriy qildi. Dunyoning eng ommabop messenjerlaridan biri tez orada foydalanuvçi xatti-harakatlarini baholaş tizimiga ham ega böladi. Har bir foydalanuvçi interfeysda maxsus belgi orqali öz akkaunti darajasini bilişi mumkin böladi. Uning aniq maqsadi hozirça oşkor etilmagan, biroq taxminlarga köra, reyting foydalanuvçining tölov qobiliyatini körsatişi va qöşimça funktsiyalarni oçib berişi mumkin. Reytingni oşiriş Telegram Stars yulduzlarini xarid qiliş, sovğa qiliş yoki işlatiş bilan boğliq bölişi ehtimol qilinmoqda – har 1000 yulduz uçun foydalanuvçi reytingi oşadi. Şuningdek, yangi tizim messenjerda kutilayotgan çeklovlar, jumladan, sovğalar xaridi böyiça limitlar bilan ham boğliq bölişi mumkin.