USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Telegram heç qaçon şaxsiy xabarlarni oşkor qilmagan» – Durov Frantsiya parlamenti qarorini olqişladi

210 марта
«Telegram heç qaçon şaxsiy xabarlarni oşkor qilmagan» – Durov Frantsiya parlamenti qarorini olqişladi.

Frantsiya Milliy assambleyasi hukumatning şaxsiy xabarlarni öqiş uçun politsiyaga «orqa eşik» – backdoor oçib berişga doir qonun loyihasini rad qildi. Telegram asosçisi buning «oqilona qaror» ekanini aytib, şifrlaş – şaxsiy hayot xavfsizligi uçun muhimligini takidladi. «Qonuniy sud qarori taqdim etilsa, gumondorning IP manzili va raqami oşkor qilinadi, şaxsiy xabarlari emas», degan Durov.

Foto: Kun.uz

Telegram asosçisi Pavel Durov Frantsiyada xabarlarni almaşadigan dasturlar uçun şifrlaş salkam taqiqlab qöyilişi mumkinligidan xavotirlarini bildirdi. Frantsiya Milliy assambleyasi politsiyaga şaxsiy xabarlarni öqiş uçun «orqa eşik» – backdoor oçib berilişiga doir qonunni rad etgan. Lekin Parij politsiyasi yana uşbu masalani kötarmoqda.

«Milliy assambleya azolari Frantsiyani öz fuqarolarini şaxsiy daxlsizlik huquqidan mahrum qilgan dunyodagi birinçi davlatga aylantiradigan qonunni rad etib, oqilona qaror qildi. Hatto köpçilik yevropaliklar erkin emas, deb hisoblaydigan davlatlar ham heç qaçon şifrlaşni taqiqlamagan. Nega?

Çunki şaxsiy xabarlarga faqat politsiya «orqa eşik»dan kira oladi deb kafolat beriş texnik jihatdan mumkin emas. Bir marta kirgandan söng, orqa eşikdan nafaqat politsiya, balki boşqalar — xorijiy agentlardan tortib hakerlargaça foydalanişi mumkin. Natijada qonunga itoatkor barça fuqarolarning şaxsiy xabarlari daxlsizligi buzilişi mumkin», deydi Durov.


Pavel Durovga köra, giyohvand moddalar savdosining oldini olişga qaratilgan qonun baribir jinoyatçilikka qarşi kuraşda yordam bermagan bölardi.


«Agar asosiy şifrlangan ilovalar «orqa eşik» orqali zaiflaştirilib, [politsiya nazoratiga ötsa ham] jinoyatçilar önlab kiçikroq ilovalar orqali xavfsiz muloqot qilişda davom etişlari mumkin. VPN tufayli ularni kuzatiş yanada qiyinlaşardi.


Şuning uçun avval aytganimdek, Telegram şifrlaşni «orqa eşiklar» bilan buziş va asosiy inson huquqlarini poymol qilgandan köra, bozordan çiqişni afzal köradi. Bazi raqobatçilarimizdan farqli ölaroq, biz maxfiylikni bozor uluşiga almaştirmaymiz.

12 yillik tarixida Telegram heç qaçon şaxsiy xabarlarning bir baytini ham oşkor qilmagan. Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonuniga muvofiq, agar qonuniy sud qarori taqdim etilgan bölsa, Telegram jinoyatda gumon qilinayotgan şaxslarning IP manzillari va telefon raqamlarini oşkor qiladi, xabarlarni emas», degan messenjer asosçisi.


Uning qonun çiqaruvçilarga xitob qilişiça, «şifrlaş – jinoyatçilarni himoya qiliş uçun yaratilmagan, bu oddiy odamlarning şaxsiy hayoti va xavfsizligini himoya qiladi, uni yöqotiş fojiali bölardi».


Durov erkinliklarni himoya qiliş borasida jang hali tugamagani, Yevropa komissiyasi ham xuddi şunday taşabbusni ilgari surganini qayd etgan.


«Heç bir mamlakat erkinliklarning asta-sekin yemirilişidan himoyalanmagan. Har kuni bu erkinliklar hujumga uçraydi — va biz har kuni ularni himoya qilişimiz kerak», deydi Pavel Durov.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: