USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Netanyaxuning kotibi “Mossad” rahbari böldi

56 марта

Netanyaxuning kotibi “Mossad” rahbari böldi

Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuning harbiy kotibi general-mayor Roman Gofman mamlakat taşqi razvedka xizmati – “Mossad” rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Isroil hukumati rahbarining idorasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, Gofman uşbu lavozimga 2026 yilning 2 iyunidan rasman kirişadi.
Gofman nomzodi rahbar lavozimlariga tayinlaş böyiça maslahat qömitasi tomonidan tasdiqlanganidan söng, Binyamin Netanyaxu tegişli farmonni imzolagan. Bu qaror haqida u ilk bor 2025 yil dekabrida malum qilgan va turli nomzodlar orasidan aynan Gofmanni “eng munosib” deb topgan.
Roman Gofman uşbu lavozimda David Barneaning örnini bosadi. Barneaning beş yillik vakolat muddati 2026 yil iyunda yakunlanadi.
Gofman 1976 yil Belarusning Mozir şahrida tuğilgan. 1990 yilda oilasi bilan Isroilga köçib ötgan va 1995 yilda armiya safida xizmatni boşlagan. U bronetank qöşinlarida xizmat qilib, keyinçalik ofitserlik lavozimlarida turli bölinmalarga, hatto diviziya darajasigaça qömondonlik qilgan. 2022 yilda quruqlik qöşinlari Milliy öquv markaziga rahbarlik qilgan, 2024 yil may oyida esa boş vazirning harbiy kotibi lavozimiga tayinlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: