Tojikistonda Markaziy Osiyo xavfsizligi böyiça forum ötkaziladi
13-04-2026, 15:46
53 марта

Tojikistonda Markaziy Osiyo xavfsizligi böyiça forum ötkaziladi
Joriy yilning 23-25 aprel kunlari Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida Markaziy Osiyo xavfsizligi böyiça forumi bölib ötadi. Bu haqda “Xovar” xabar berdi.Qayd etilişiça, mazkur forum Tojikiston Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi taşabbusi bilan taşkil etilmoqda. Tadbirda Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Özbekiston strategik tadqiqotlar institutlari vakillari, şuningdek, Tojikistonning turli vazirlik va idoralari vakillari, xavfsizlik masalalari böyiça tadqiqotçilar va ekspertlar iştirok etadi.
Forum dasturiga yalpi majlislar, davra suhbatlari va ekspertlar muhokamalari kiritilgan bölib, ular davlatlar örtasida işonçni mustahkamlaş va hamkorlikni muvofiqlaştirişga qaratilgan.
Tadbirning asosiy maqsadi Markaziy Osiyodagi zamonaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiliş hamda ularning yaqin istiqboldagi rivojlanişi böyiça fikr almaşişdan iborat. Forum davomida xavfsizlik sohasidagi ehtimoliy va potentsial tahdidlar hamda imkoniyatlar körib çiqiladi, şuningdek, mintaqaviy xavfsizlikka tasir etuvçi transregional omillar aniqlanadi.