Astronomlar yulduzlarni parçalovçi «daydi» qora tuynukni kaşf etdi

Berklidagi Kaliforniya universiteti astronomlari noyob kosmik hodisa — galaktika markazidan uzoqdagi yulduzlarni «yutib yuboradigan» supermassiv qora tuynukni kaşf etdi.
AT2024tvd deb nomlangan hodisa Hubble, Çandra va VLA teleskoplari tomonidan qayd etilgan bölib, «siljigan» tölqinli buziliş (TDE) holatiga birinçi tasdiq hisoblanadi. Unda Quyoşdan million barobar katta qora tuynuk galaktikaning markazida emas, balki undan 2600 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan.
Odatda, ulkan qora tuynuklar galaktikalar markazida böladi, ammo bu — istisno. U yulduzni parçalab, 100 baravar yorqinroq çaqnaş hosil qilgunga qadar zulmat qarida yaşirinib kelayotgan edi. Kuzatuvlar vodorod, geliy va boşqa elementlar nurlanişining keng çiziqlarini körsatgan — bu TDE holatlariga xos manzara.
Mazkur «daydi» qora tuynuk yonida yanada kattaroq obekt — Quyoşdan 100 million barobar oğir faol galaktika yadrosi joylaşgan. Olimlar ikki xil stsenariyni körib çiqmoqda.
Birinçisi — qora tuynuk boşqa obektlar bilan tortişiş tasirida galaktika markazidan çiqarib yuborilgan. Ikkinçi variant — uşbu qora tuynuk qadimda yutib yuborilgan kiçikroq galaktikaning qoldiği bölişi mumkin.
Bu kaşfiyot «daydi» ulkan qora tuynuklar populyatsiyasi mavjudligini ilk bor tasdiqladi. Endi astronomlar yangi sirlarni oçiş umidida bunday «siljigan» TDE’larni izlaşni rejalaştirmoqda