Rossiya Ozarbayjonga tovon tölaydi
16-04-2026, 10:47
212 марта

Rossiya Ozarbayjonga tovon tölaydi
Rossiya va Ozarbayjon Taşqi işlar vazirliklari Aqtau yaqinida sodir bölgan AZAL samolyoti halokati tufayli vujudga kelgan nizo hal etilganini malum qildi. Tomonlar halokat sababi sifatida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi işga tuşganini tan olgan holda, jabrlanganlar va halok bölganlarning oilalariga tovon puli tölaşga kelişib oldi.Bu kelişuvlar Vladimir Putin va Ilhom Aliyev örtasida 2025 yil 9 oktyabr kuni Duşanbeda bölib ötgan uçraşuvda erişilgan kelişuvlarga asoslangan. Biroq tovon pullari miqdori va şartlari oçiqlanmagan.
Halokat 2024 yilning 25 dekabrida Aqtau yaqinida sodir bölgan. Boku–Grozniy yönalişida uçgan Embraer 190 samolyoti qulagan, uning bortidagi 67 kişidan 38 nafari halok bölgan. Avvaliga Rossiya uşbu hodisaga öz mudofaa tizimi aloqadorligini inkor etgan. rasmiylar esa, sabab sifatida quşlar bilan töqnaşuvni körsatgan. Keyinçalik samolyot qoldiqlaridan zenit raketa izlari topilgan.
2024 yilning 28 dekabrida Vladimir Putin Ilhom Aliyevga qönğiroq qilib, voqea “Rossiya havo hududida” sodir bölgani uçun uzr söragan. Keyinçalik Aliyev Moskva tomonini haqiqatni yaşirişda ayblab, aybdorlarni jazolaş va töliq tovon tölaşni talab qilgan.
Duşanbedagi uçraşuvda Putin halokatga “Ukraina droni parvozi” va Rossiya tizimidagi texnik nosozlik sabab bölganini aytgan. Uning sözlariga köra, ikki raketa samolyotga töğridan-töğri tegmasdan, uning yaqinida portlagan.
Şunga qaramay, tergov töliq yakuniga yetkazilmagan: 2025 yil dekabr oyida Rossiya Tergov qömitasi jinoiy işni aybdorlarni javobgarlikka tortmasdan yopgan.