Avstraliyadagi eng yirik neft zavodi yonib ketdi
16-04-2026, 20:10
46 марта

Avstraliyadagi eng yirik neft zavodi yonib ketdi
Bugun, 16 aprelga ötar keçasi, Avstraliyaning Jilong şahrida yirik yonğin yuz berdi – mamlakatdagi eng katta neftni qayta işlaş zavodlaridan biri yonib ketdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.Telekanal malumotlariga köra, favqulodda hodisa Viva Energy zavodida sodir bölgan. Avstraliya Energetika vaziri Kris Bouen hodisa sabablarini izohlar ekan hozirça hukumat voqeani baxtsiz hodisa deb baholayotganini malum qilgna. Vakolatli xizmatlar tomonidan öt qöyiş yoki boşqa şubhali holatlar aniqlanmagan.
Yonğin xavfsizligi xizmatining aniqlik kiritişiça, alanga avtomobil benzini bölimida boşlangan. Taxminlarga köra, u yerda sizib çiqiş va bir neçta portlaş sodir bölgan. Hozirda yonğin öçirilgan, biroq rasmiylar zavoddagi uşbu hodisa benzin işlab çiqariş hajmining kamayişiga sabab bölişidan xavotirda. Malum qilinişiça, korxona ehtiyot çoralari sifatida dizel yonilğisi va aviakerosin işlab çiqarişni kamaytirilgan hajmda davom ettiradi.