Burak Denizning qonida narkotik modda aniqlandi
16-04-2026, 20:15
41 марта

Burak Denizning qonida narkotik modda aniqlandi
Köplab maşhur filmlari orqali Özbekistonda ham tanilgan turkiyalik aktyor va model Burak Denizning test uçun topşirgan soç va qon namunalaridan giyohvand moddalar topildi. Bu haqda “Yeniçağ” xabar berdi.Qayd etilişiça, tergov doirasida Sud tibbiyot institutida ötkazilgan tekşiruvlarda aktyor Burak Deniz, aktrisa Serra Pirinç va Enes Gulerdan olingan namunalarda “marixuana” va “kokain”, qöşiqçi Utku Unsalda esa “marixuana”, qöşiqçi Simge Sağinda esa dori tarkibidagi faol modda aniqlangan.
Endi Burak Deniz nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilişi, balki reklama va şartnomalaridan ham ayrilişi ehtimoli bor. Bundan oldin ham Deniz mast holatda köplab mojarolarga aralaşgan.
Malumot uçun, Burak Deniz 35 yoşda. Uning kinodagi debyuti 20 yoşida, Şenay Gurler va boşqa aktyorlar bilan birga suratga tuşgan “Kollej kundaligi” nomli yoşlar seriali bilan boşlangan. Unga keyingi “Qoçoq” seriali şuhrat keltirgan. U iştirok etgan “Yoqimtoy aldoqçi qizçalar“ (Tatlı Küçük Yalancılar) seriali ham maşhur bölgan, “Bizning hikoya” seriali tufayli esa Burak xorijda ham tanilgan.