Bolalarni öldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otişmalar tafsiloti
17-04-2026, 05:40
572 марта

Xususan, hujumlardan keyin internetdagi xatti-harakatlar böyiça hukumat xavotirlari ortidan 95 nafar şaxs hibsga olingan.
Turkiya Adliya vaziri Akin Gurlekning malum qilişiça, ular efirga uzatiş taqiqlanganiga qaramay, hujumga oid kadrlarni tarqatiş, vahima uyğotişi mumkin bölgan kontentni ulaşişda ayblanmoqda. Şuningdek, ularga huquqbuzarlikka undaş, notöğri malumotlarni tarqatiş ayblovlari ham qöyilgan.
BBC naşrining yozişiça, yana 67 kişi boşqa maktablarda ham hujumlar amalga oşirilişiga işora qiluvçi postlarni ulaşgani uçun hibsga olingan. Vazirga köra, uşbu qotilliklar ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi 1100dan ortiq profil va hisoblarga çeklov qöyilgan.
Qahramonmaraşdagi hujum oldindan rejalaştirgan
Turkiyani larzaga solgan qotillik 15 aprel kuni Qahramonmaraş hududidagi Ayser Çalik örta maktabida sodir böldi. 14 yoşli öquvçi kamida töqqiz kişini, jumladan, sakkiz nafar maktabdoşini va bir öqituvçini otib öldirdi. Şuningdek 13 kişi yaralangan, ularning olti nafari oğir ahvolda.

«Sakkizinçi sinf öquvçisi sumkasida 5 ta qurol va 7 ta öqdon (magazin) bilan kelgan. Bizningça, ular uning sobiq politsiyaçi bölgan otasiga tegişli. U beşinçi sinf öquvçilari bölgan ikkita sinfga kirib, heç kimni ajratmasdan ölim va jarohatlarga sabab bölgan», deya gubernatorning sözlarini keltirdi Reuters naşri.
Tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda maktab hududida öq ovozlari eşitilayotgani, şu vaqtda bir neça öquvçilar derazadan sakrab qoçayotgani körinadi. Maktabdagi videokuzatuv kameralarida esa hujumçi yölakdagi ikki öquvçini otib taşlagani aks etgan. Qurolli hujumçi kirgan beşinçi sinf öquvçilari 10-11 yoşda bölgan.
Keyinroq, mahalliy prokuratura gumonlanuvçi hujumni oldindan rejalaştirganini malum qildi. «Raqamli materiallarni tekşiriş davomida gumonlanuvçining kompyuteridan 2026 yil 11 aprel sanasi bilan qayd etilgan, u yaqin kelajakda yirik operatsiya ötkaziş niyatida ekanligini körsatuvçi hujum topildi», deyiladi bayonotda.
Politsiya malumotlariga köra, gumonlanuvçi özining WhatsApp profilidagi suratida amerikalik ommaviy qotil Elliot Rodjerga işora qilgan. Rodjer 2014 yilda Kaliforniyada öz joniga qasd qilişdan oldin olti kişini öldirgan edi.
Turkiya içki işlar vaziri Mustafa Çiftçi uşbu fojiani «öquvçilarimizdan biri amalga oşirilgan xususiy hujum holati bölib, u terrorçilik hodisasi emas», dedi.
Hujumçining ota-onasi körsatma berdi
Xavfsizlik boş boşqarmasining malum qilişiça, payşanba kuni hujumçining otasi va onasi ham hibsga olingan. Öğli tomonidan foydalanilgan töpponça va öq-dorilar öziga tegişli ekanini aytgan ota, uning yetti dona ruxsat etilgan öqotar quroli va ikkita ov miltiği bölganini malum qildi. BBC Turk xizmati dastlabki tergov tafsilotlarini keltirdi.
Otaning takidlaşiça, u uşbu qurol va öq-dorilarni alohida qulflangan qutilarda saqlagan. Biroq hujum kuni öğli ulardan beştasini olib ketgan. U öğli ularni qanday oçganini yoki ulardan foydalanişni qanday örganganini bilmasligini aytdi.

Şuningdek, uning onasi öğli interaktiv öyinlar öynaşini, ularga heç narsani körsatişni xohlamasligini, ingliz tilida gaplaşişini va u nima deyilayotganini tuşunmaganini aytgan.
Siverekdagi hujum
16 kişi jarohatlangan boşqa bir hujum – 14 aprel kuni Siverek tumanidagi Ahmet Köyunçu nomli kasb-hunar va texnika litseyida yuz bergan. Viloyat gubernatori Hasan Şildakning sözlariga köra, ösmir yoşidagi hujumçi ov miltiğidan «heç kimni ajratmasdan öt oçgan». Politsiya tomonidan qurşovga olinganidan» söng hujumçi uşbu qurol bilan özini öldirgan.

Uşbu hujum sabablari ham hozirça malum emas, tergov harakatlari boşlangan. Hujumçining sudlanganlik holati bölmagan va politsiya maktabni xavfsiz deb hisoblagan.
BBCning mahalliy OAVlarga tayanib yozişiça, hujumçi yaqinda maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida «bir neça kundan keyin» hujum bölişi bilan tahdid qilingan postlar qoldirgan.
Video: https://x.com/i/status/2044035155900109058
Guvohlardan biri şunday dedi: «U taxminan 17-18 yoşlardagi bola edi. Tösatdan maktabning old darvozasidan kirib keldi. Kirişi bilan qurolini çiqardi va darhol öt oça boşladi. Keyin maktab binosiga yugurib kirdi va qarşisidan çiqqan har bir kişini ota boşladi».
Jarohatlangan öquvçilardan biri Ömer Furkanning aytişiça, qurollangan şaxs kamida ikkita sinfga, jumladan uning sinfiga ham kirgan.
«Avval özimizni yerga taşladik, ikki kişi derazadan sakrab qoçdi. U bizga heç narsa demadi, şunçaki içkariga kirdi-yu, öt oça boşladi», dedi u.

«Tergovning tegişli tarzda ötkazilişini taminlaş maqsadida» tuman politsiyasi boşliği va tuman milliy talim boşqarmasining ikki nafar xodimi öz lavozimidan çetlatilgan.
Qurbonlar va qurol bilan boğliq holat
Payşanba kuni bölib yoş qurbonlarning dafn marosimlarida minglab odamlar töplandi. BBCning yozişiça, qurbonlardan biri — 10 yoşli Zaynep bölgan. «Endi u farişta, u uçib ketdi», deydi qizçaning yaqinlari naşrga bergan izohida. Ular hujumdan söng maktablarda himoya çoralarini kuçaytirişni xohlaşmoqda.
Yana bir qurbon ham 10 yoşli qizaloq – Şura. Uning xolasi jiyani halok bölganini yangiliklarda uning ismi öqilganda bilganini aytdi.

Jurnalistlarning uşbu haftadagi otişmalardan söng rasmiylar biron-bir çora köradimi, deya içki işlar vaziri Mustafa Çiftçiga savol berdi. U tafsilotlarga töxtalmasdan: «Biz zaruriy ehtiyot çoralarini köramiz», dedi.