USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyo yetakçilari xalqaro vaziyatni muhokama qiliş uçun Turkiyaga bordi

136 марта

Dunyo yetakçilari xalqaro vaziyatni muhokama qiliş uçun Turkiyaga bordi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan homiyligida va mamlakat Taşqi işlar vazirligi mezbonligida 17–19 aprel kunlari Antaliya diplomatik forumi bölib ötadi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilişiça, forumning bu yilgi mavzusi “Ertani loyihalaşda noaniqliklar bilan kuraşiş” bölib, asosiy diqqat markazida bugungi xalqaro tizimda kuçayib borayotgan noaniqliklar şaroitida davlatlarning qanday yöl tutişi, global tartibdagi özgarişlarga moslaşiş va barqarorlikni taminlaş masalalari turadi.

Antaliya Diplomatik forumi 2021 yildan buyon ötkazilib kelinadi. Tadbirga bu yil ham turli davlatlardan 20 dan ortiq prezident va boş vazirlar, 50 dan ziyod taşqi işlar vazirlari hamda yuzlab rasmiy delegatsiyalar va xalqaro taşkilot vakillari taşrif buyurgan.

Xususan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev forumda iştirok etiş uçun Antaliya şahriga yetib borgan.
Uşbu forumda geosiyosiy keskinliklar, davom etayotgan mojarolar, köp tomonlama hamkorlikning zaiflaşuvi va diplomatik muloqotni kuçaytiriş zarurati muhokama qilinadi. 

Şuningdek, davlatlar örtasida işonçni tiklaş, mintaqaviy va global muammolarni muzokara orqali hal qiliş hamda kelajakdagi xavflar va imkoniyatlarni oldindan köra olişga qaratilgan strategiyalar işlab çiqiş asosiy yönalişlardan biri böladi.





Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: