USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

20 dan ortiq davlat 75 000 xakerga qarşi birlaşdi

47 марта

20 dan ortiq davlat 75 000 xakerga qarşi birlaşdi

Yevropol “yollanma hujum” (attack-for-hire) servislari orqali DDoS-hujumlarni taşkil etişga aloqador bölgan 75 mingdan ortiq foydalanuvçi aniqlanganini malum qildi. Operatsiya joriy yil 13 aprel kuni 21 davlat huquq-tartibot idoralari iştirokida bölib ötgan. Bu haqdagi xabar Yevropol saytida elon qilindi.

Muvofiqlaştirilgan harakatlar doirasida gumonlanuvçilarning manzillariga 75 mingdan ortiq ogohlantiriş xatlari yuborilgan, tört kişi qölga olingan, tintuv ötkaziş uçun 25 ta order berilgan va noqonuniy faoliyat bilan boğliq 53 ta domen yopilgan. Operatsiyada, jumladan, AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya va qator Yevropa davlatlari iştirok etgan.

Operatsiyaga tayyorgarlik jarayoni xalqaro ekspertlar iştirokida bir qator qöşma tadbirlarni öz içiga olgan. Ular DDoS-servis foydalanuvçilarini aniqlaş hamda saytlar, serverlar va tarmoqlarga hujum uyuştiriş imkonini beruvçi “booter” platformalari infratuzilmasini yöq qilişga qaratilgan. Uşbu harakatlar davomida 3 milliondan ortiq hisob qaydlari (akkauntlar) haqidagi malumotlarni öz içiga olgan malumotlar bazalari musodara qilingan, bu esa keyingi tergov harakatlarini ötkaziş imkonini bergan.

Yevropol malumotlariga köra, “yollanma DDoS” servislari kiberjinoyatçilikning eng oçiq vositalaridan biri bölib qolmoqda. Ular hatto texnik könikmalarga ega bölmagan foydalanuvçilarga ham hujumlarni amalga oşiriş imkonini beradi. Bunday harakatlar onlayn-servislarni işdan çiqarib, kompaniyalar va jismoniy şaxslarga sezilarli zarar yetkazadi.

Idoraning qayd etişiça, bunday hujumlar iştirokçilari tayyorgarlik darajasi böyiça bir-biridan farq qiladi – yangi örganuvçilardan tortib tajribali jinoyatçigaça. Motivlar esa oddiy qiziquvçanlikdan tortib, moliyaviy foyda yoki mafkuraviy maqsadlargaça özgarib turadi.

“PowerOFF” deb nomlangan uşbu operatsiya davom etmoqda va endi profilaktika bosqiçiga ötmoqda. Körilayotgan çoralar sirasiga qidiruv natijalaridan DDoS-hujum servislariga olib boruvçi 100 dan ortiq havolalarni öçiriş, şu kabi vositalarni qidirayotgan foydalanuvçilar uçun ogohlantiruvçi reklamalarni joylaştiriş hamda uşbu xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşirişda foydalaniladigan blokçeyn-tarmoqlari orqali bildirişnomalar yuboriş kiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: