Hormuzdan ötmoqçi bölgan kemalarni Eron öqqa tutdi
19-04-2026, 13:00
180 марта

Hormuzdan ötmoqçi bölgan kemalarni Eron öqqa tutdi
Hormuz böğozi orqali ötişni rejalaştirgan qariyb 20 ta kema Eron tomonidan harbiy nazorat tiklangani elon qilingaç, orqaga – Ummon tomonga burildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” naşri xabar berdi.Eron harbiylari Hormuz böğozi “avvalgi holatiga qaytgani”ni bildirgan, şu sababli kemalar suv hududiga kiriş joyida ortga qaytişga majbur bölmoqda. Avvalroq, Buyuk Britaniya Ummon yaqinida bir tanker öqqa tutilgani haqida xabar bergan.
Naşrning yozişiça, kemalar Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi radio orqali böğoz yopilgani haqida ogohlantirganidan keyin ortga qaytgan. Malum qilinişiça, bu kemalarning har biri böğozdan ötiş uçun avval Eron harbiylariga 2 million dollardan tölaşga rozi bölgan.
Tehronning bu qarori AQŞ 13 aprel kuni, Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangaç, joriy etgan dengiz blokadasiga javob bölgan. Öşanda AQŞ Eron bilan boğliq bölmagan kemalar, agar ular Tehronga tölov qilmagan bölsa, böğozdan erkin ötişi mumkinligini bildirgan. Biroq Eron bu harakatlarni “dengizdagi qaroqçilik” deb baholab, 18 aprel kuni harbiy nazorat rejimini qayta tiklagan.
Şundan söng kamida ikki savdo kemasi Hormuz böğozidan ötişga uringan paytda öqqa tutilgani haqida malum qilingan.
“Reuters” agentligiga köra, Buyuk Britaniyaning dengiz savdo operatsiyalari boşqarmasi Ummonning şimoli-şarqidan taxminan 37 kilometr uzoqlikda tanker bilan boğliq hodisa haqida xabar olgan.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof bundan avval AQŞ blokadasi davom etsa, Hormuz böğozi oçiq qolmasligini, kemalar faqat “belgilangan yönaliş” va “Eron ruxsati” bilan öta olişini ogohlantirgan edi. Eronda tasdiqlanişiça, böğozdan faqat savdo kemalariga harakatlanişga ruxsat beriladi va bu ham boj tölangandan keyin amalga oşiriladi.