Rossiyadagi tsirkda yölbars tomoşabinlar tomon sakradi
20-04-2026, 16:17
260 марта

Rossiyadagi tsirkda yölbars tomoşabinlar tomon sakradi
Rossiyaning Rostov şahridagi tsirkda tomoşa vaqtida yölbars tomoşabinlar tomon sakrab, tösiqdan çiqdi. Bu haqda RBK xabar berdi.Hodisa Dovgalyuklar sulolasi tsirkida yuz bergan. Malum qilinişiça, artistlar bilan tomoşabinlarni ajratib turgan himoya tösiği qulab tuşganidan söng voqea sodir bölgan.
Videolavhalarda tösiq ortida uçta yölbars va ikki nafar murabbiy bölgani körinadi. Tösiqning tösatdan qulaşi hayvonlarda vahima uyğotgan va yölbarslardan biri tösiqdan sakrab ötgan. Tomoşabinlar zudlik bilan zaldan evakuatsiya qilingan. Dastlabki malumotlarga köra, heç kim jabrlanmagan.
Tsirk mamuriyati hodisa yuzasidan izoh berişdan boş tortgan.
Afişaga köra, tomoşada şerlar, yölbarslar va boşqa hayvonlar iştirok etadi. Tsirkka mustaqil kiriş 14 yoşdan ruxsat etiladi, 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun kiriş bepul.
Mazkur holat yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda. Rossiya Içki işlar vazirligi matbuot xizmatining malum qilişiça, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.