Tailandda nomalum epidemiya sabab tutqunlikdagi 72 ta yölbars nobud böldi
21-02-2026, 13:31
115 марта

Tailandda nomalum epidemiya sabab tutqunlikdagi 72 ta yölbars nobud böldi
Tailand şimolida tarqalgan öta yuqumli virus oqibatida fevral oyning özida tutqunlikda saqlanayotgan 72 ta yölbars nobud böldi. Hozirda rasmiylar epidemiya kölamini jilovlaş uçun barça çoralarni körmoqda. Bu The Guardian xabar berdi.Hozirça yirtqiçlarning ommaviy qirğiniga aniq nima sabab bölgani borasida yakuniy xulosa yöq. Çiang May provintsiyasi çorvaçilik boşqarmasi hayvonlar it ölati (canine distemper virus) bilan kasallanganini va ularda ikkilamçi infektsiya sifatida mikoplazma bakteriyalari aniqlanganini malum qildi.
Biroq Tailand Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi çorvaçilikni rivojlantiriş departamenti direktorining takidlaşiça, tahlillar yölbarslarda muşuklar panleykopeniyasi (feline panleukopenia)infektsiyasi borligini körsatgan.
“Yölbarslarni davolaş it yoki muşuklarni davolaşdan tubdan farq qiladi. Uy hayvonlaridagi simptomlarni darhol payqaş mumkin, ammo yölbarslar odamlar bilan yaqin aloqada emas. Ularda kasallik alomatlari köringanda, odatda vaziyat ança jiddiy bölib ketgan böladi”, deydi mutaxassis.