Möğulistonda “dzud”dan 26 ming qoramol halok böldi
16-02-2026, 13:30
111 марта

Möğulistonda “dzud”dan 26 ming qoramol halok böldi
Möğulistonda “duzd” (bu qattiq qişni anglatuvçi möğulça atama bölib, unda yer muzlaşi yoki qor bilan qoplanişi tufayli köp sonli çorva mollari oçlikdan yoki sovuqdan nobud bölişi) nomi bilan tanilgan öta sovuq qiş oqibatida 26 ming 300 dan ortiq çorva mollari ölgan. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.Mamlakat Milliy statistika boşqarmasi 12 fevral kuni bergan malumotlariga köra, Möğulistonda “duzd” nomi bilan tanilgan öta sovuq qiş yanvar oyida ğarbiy viloyatlarda, şuningdek, Markaziy Ovrxangay viloyatida 26 300 dan ortiq çorva mollarini nobud qilgan. Mamlakatning 21 viloyatidan kamida 11 tasi “dzud”dan jabr körgan.
Malumot uçun, çorvaçilik Möğuliston iqtisodiyotining asosiy ustunlaridan biri bölib, mamlakat köçmançi aholisining qariyb 40 foizi unga boğliq. Biroq, qattiq va uzoq qiş tufayli Möğulistonning köçmançi çorvadorlarining aksariyati har yili çorva mollarini yöqotadi. Milliy statistika boşqarmasi malumotlariga köra, 2025 yil oxiriga kelib, Möğulistonda 58,1 million çorva mollari borligi qayd etilgan.