9-sinf öquvçisi sinfdoşini yoqib yubordi
21-04-2026, 09:01
969 марта
9-sinf öquvçisi sinfdoşini yoqib yubordiKeça, 20 aprel kuni Ozarbayjonning Baku şahridagi 286-sonli örta maktabda 9-sinf öquvçisi sinfdoşi tomonidan yoqib yuborildi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 16 yoşli öquvçi sinfdoşiga spirt sepib, yondirgiç (zajigalka) bilan öt qöygan. Holat haqida Respublika tez yordam markaziga talim muassasasidan çaqiruv tuşgan. Voqea joyiga yuborilgan tez yordam xizmati 15 yoşli öquvçini Narimonov tibbiyot markazidagi kuyiş markaziga olib ketgan.
Şifoxonada unga boş, yuz, böyin, kökrakning old va yon qismlari hamda qöllarda II–III darajali termik kuyiş taşxisi qöyilgan. Hozirda bemor jonlantiriş bölimida davolanmoqda va ahvoli oğir deb baholangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.